1

ISFT institutida Institut ilmiy-uslubiy kengashi bo‘lib o‘tdi

2026-yil 25-sentabr kuni ISFT institutida navbatdagi ilmiy-uslubiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda rahbariyat, bo‘lim rahbarlari, kafedra mudirlari hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi.

 

Yig‘ilishda institutning yangi o‘quv yili uchun ustuvor vazifalar belgilab olindi. Ta’lim sifatini yanada yuksaltirish, talabalar uchun yaratilayotgan imkoniyatlarni kengaytirish, shuningdek, ilmiy-tadqiqotlar va innovatsiyalarni rivojlantirish bo‘yicha muhim tashabbuslar ilgari surildi.

 

Tadbir yakunida institut jamoasi oldida turgan dolzarb vazifalar yana bir bor eslatib o‘tildi. Yig‘ilishni Institut prorektori Tuxtamish Azizov yakunlab, barcha professor-o‘qituvchilarni yangi o‘quv yilidagi samarali faoliyatga chorlab, muvaffaqiyatlar tiladi.

25

Sentabr2025

Do'stlar bilan ulashish: