1

ISFT instituti “QS Eurasian Forum” doirasida mintaqaviy va global hamkorlikni mustahkamlamoqda.

25-noyabr kuni ISFT instituti vakillari Toshkent shahridagi Markaziy Osiyo universiteti (CAU) mezbonlik qilgan “QS Eurasian Forum 2025” xalqaro forumida ishtirok etdilar.

Mazkur nufuzli anjuman Yevroosiyo mintaqasidagi oliy ta’lim muassasalari rahbarlari va soha ekspertlarini bir davraga jamladi. Forum kun tartibidan mintaqadagi universitetlarning kelajagi hamda sifatli ta’limni rivojlantirishda o‘zaro hamkorlikning strategik o‘rni kabi dolzarb masalalar joy oldi.

Muloqotlar davomida ISFT vakillari xalqaro hamkasblari bilan ta’limni internatsionallashtirish, barqarorlik, inklyuzivlik hamda oliy ta’limda texnologiyalarning o‘sib borayotgan ahamiyati yuzasidan konstruktiv fikr almashdilar. Tadbirda, ayniqsa, QS World University Rankings xalqaro reyting metodologiyasiga va ma’lumotlarga asoslangan strategiyalarga alohida e’tibor qaratildi. Bu kabi yondashuvlar oliy ta’lim muassasalariga o‘zining global nufuzini oshirish bilan birga, mahalliy ehtiyojlarga ham moslashish imkonini beradi.

Ushbu forumdagi ishtirok ISFT institutining mustahkam akademik sheriklik aloqalarini o‘rnatish, shuningdek, talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun akademik mobillik imkoniyatlarini kengaytirish borasidagi izchil sa’y-harakatlarining amaliy ifodasidir.

Universitetlararo hamkorlikni rivojlantirish orqali ISFT instituti ta’lim sifatini oshirishni va BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari, xususan BRM 4 (Sifatli ta’lim) va BRM 17 Barqaror rivojlanish yo‘lidagi hamkorlikga muvofiq ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga hissa qo‘shishni o‘z oldiga maqsad qilgan.

25

Noyabr2025

Do'stlar bilan ulashish:

So'ngi tadbirlar

ISFT instituti “QS Eurasian Forum” doirasida mintaqaviy va global hamkorlikni mustahkamlamoqda.

25

Noyabr2025