Ilmiy-metodik jurnal

“ISFT” jurnalining 2024-yil 2-soni nashrdan chiqdi. Ushbu songa ijtimoiy fanlar, gumanitar fanlar va tabiiy fanlar ruknlaridan o‘rin olgan 22 ta maqola jamlangan. Baxtiyor Islamov, Rajabbek Teshayev, Bexzodjon Shermuxamedov, Faxriddin Umarov, G‘ulomjon Qosimjonov kabi olimlarning tadqiqotlari moliya, iqtisod, raqamlashtirish, biznes va tadbirkorlik, investiyalar kabi iqtisodiyotning dolzarb muammolariga bag‘ishlangan bo‘lsa, larning maqolasi tibbiyot sohasidagi raqamlashtirish muammosiga bag‘ishlangan bo‘lsa, Sharof Agabayev, Ibragimjon Toshmatovlar O‘zbekistondagi diniy bag‘rikenklik masalalarini yoritishgan. Gumanitar fanlar ruknidan professor Yorqinjon Odilovning ona tili  va etnik til masalalariga bag‘ishlangan maqolasi, psixologiya fanlari doktori Xasanboy Abdusamatovning migrant oilalarda sevgini namoyon qilishning psixologik xususiyatlari yoritilgan tadqiqoti, filologiya fanlari nomzodi Gulnoz Sattorovaning ozarbayjon adibi Yunus O‘g‘uzning tarixiy asarlari tahlil qilingan maqolasi, Madinabonu Nurutdinovaning onlayn mediada axborotning transformatsiyasiga bag ishlangan maqolasi o‘rin olgan. Shuningdek, ushbu sonda ispan yozuvchisi Borxes va uning jahon adabiyotidagi o‘rni, raqamli qaramlik, sun’iy intellect haqidagi qiziqarli tadqiqotlar bilan tanishishingiz mumkin.

Telegram icon