
"Ijtimoiy-gumanitar va tabiiy fanlardagi an’anaviy va zamonaviy yondashuvlar dialektikasi"
"Ijtimoiy-gumanitar va tabiiy fanlardagi an’anaviy va zamonaviy yondashuvlar dialektikasi" xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi!
2025-yil 20-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sifatini rivojlantirish va innovatsion pedagogik yondashuvlarni joriy etish doirasida “International School of Finance Technology and Science” instituti Gumanitar va tabiiy fanlar kafedrasi tomonidan xalqaro miqyosdagi "Ijtimoiy-gumanitar va tabiiy fanlardagi an’anaviy va zamonaviy yondashuvlar dialektikasi" mavzusidagi ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.
Mazkur anjuman oliy ta’lim muassasalarida ilg‘or ta’lim texnologiyalarini tatbiq etish, o‘qituvchilarning malakasini oshirish hamda ijtimoiy-gumanitar va tabiiy fanlarning rivojiga ilmiy yondashuvlarni chuqur o‘rganish maqsadida tashkil etildi. Anjumanda pedagogika, psixologiya, falsafa, sotsiologiya, tarix, tabiiy fanlar, filologiya va tillarni o‘qitish, mediasavodxonlik kabi yo‘nalishlar bo‘yicha dolzarb muammolar muhokama qilindi.
Tadbir materiallari bo‘yicha ilmiy maqolalar elektron to‘plam shaklida nashr etildi. Konferensiyada ishtirok etgan mutaxassislar o‘z ilmiy ishlari bilan ta’lim jarayonining rivojiga hissa qo‘shdilar.
27
Do'stlar bilan ulashish:
Boshqa konferensiyalar

Raqamli transformatsiya: biznes boshqaruvida yangi imkoniyatlar va zamonaviy tendensiyalar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman

Yangi Oʻzbekiston istiqbollari: iqtisodiyot, taʼlim, menejment va biznes” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
