Yusupov Ulug‘bek ISFT instituti tayanch doktoranti

Yusupov Ulug‘bek ISFT instituti tayanch doktoranti
Tadqiqot yo'nalishi: 08.00.08 - Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit.
Tadqiqot mavzusi: Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda xalqaro moliyaviy hisobot standartlarining moliyaviy hisobotga ta'siri.
Ilmiy rahbar: Xalilov Sherzod, ISFT, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Global iqtisodiy muhitda moliyaviy hisobotlarning shaffofligi va xalqaro standartlarga mosligi tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Yusupov Ulug‘bek ushbu masalaga ilmiy yondashib, o‘z tadqiqotini XMHS'ning iqtisodiy samaradorlikka ta’siriga bag‘ishlagan.
U rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar misolida xalqaro standartlarning milliy hisob siyosatiga integratsiyalashuvini nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilmoqda.