Ijtimoiy-gumanitar fanlar va tillar

Hoziroq biz bilan boğlaning
Özingiz istagan savollarga 5 daqiqa içida javob oling va öz örningizni band qiling.
ISFT instituti talabasi böling
va uşbu yönalişida BEPUL öqiş imkoniyatiga ega böling
Fakultet tavsifi
Gumanitar dasturlar odatda inson va jamiyatni örganişga qaratilgan bölib, uning asosiy yönalişlari tilşunoslik, adabiyot, tarix, falsafa, madaniyatşunoslik, psixologiya, ijtimoiyot kabi fanlar bilan boğliq. Bu fakultet talabalarga inson tafakkuri, madaniyati, tarixi va ijtimoiy jarayonlarni çuqur örganiş imkoniyatini beradi.
Fakultetning maqsadi — insoniy bilimlar sohasida keng qamrovli könikmalarni şakllantiriş, tanqidiy fikrlaş qobiliyatini rivojlantiriş hamda madaniy merosni örganiş va saqlaş böyiça bilimlar berişdir. Gumanitar fanlar öqitilişi orqali talabalar insonning individual rivojlanişi, madaniyatlararo muloqot, axloqiy me'yorlar va ijtimoiy hodisalar haqidagi tuşunçalarni şakllantiradilar.
Gumanitar fakultet talabalari köpinça tilşunoslik, tarjimonlik, jurnalistika, xalqaro aloqalar, tarixiy tadqiqotlar va madaniy işlarda öz bilimlarini amalda qöllaş imkoniyatiga ega bölişadi. Fakultet talabalari jamiyat va insoniyat rivojlanişiga öz hissasini qöşadigan yuqori malakali mutaxassislar böliş uçun zarur bölgan amaliy va nazariy tayyorgarlikdan ötadilar.
Yönalişlar
Xorijiy til va adabiyoti
Dastur davomida talabalar ingliz tili fanini öqitişning ilmiy va amaliy nazariyalari va şu sohada amalga oşirilgan zamonaviy tadqiqotlarni örganadilar. Şu bilan birga, tilni samarali özlaştirişga yordam beradigan, til örganuvçilarning savodhonligini oşiradigan usullar bilan tanişadilar va amalda tadbiq etadilar; Talabalar ingliz tili örganuvçilariga samarali öquv muhitini yaratişda ingliz madaniyati nazariyasi va printsiplari muhim ahamiyatga ega ekanligini örganadilar. Va kerakli amaliy könikmalarini şakllantiradilar. Til örganiş jarayonida madaniyat va madaniy qatlamlarning mohiyati va roli bilan boğliq bölgan tuşunçalar, madaniy öziga xosliklar til örganişga muhim taʼsir körsatuvçi omil ekanligini örganadilar; Talabalar dalillarga asoslangan amaliyotlarni örgangan holda, öquv rejasi tuziş va undan dars jarayonida foydalaniş xamda ingliz tilini ikkinçi til sifatida öqitiş standartlariga moslaştiriş usullarini örganadilar. Talabalar dastur modellari, til könikmalarini rivojlantiriş va dars jarayonida integratsiyalaş strategiyalarini tadbiq etiş haqida maʼlumotga ega böladilar. Zamonaviy texnologiyalarni til örgatiş jarayonida samarali qöllaş, til örganuvçilarga mos keladigan öquv resurslari va materiallarni töğri tanlay oliş va tuziş malakalarini şakllantiradilar.
Maktabgaça ta’lim
Maktabgaça taʼlim yönalişi – kelajakda professional rivojlangan pedagog tarbiyaçilarni tayyorlaşga qaratilgan dastur bölib, ular bolalarni har tomonlama rivojlantirişda, oilaviy boğçalarni tizimli taşkil etişga, davlat va nodavlat boğçalarni rivojlantirişga asos bölib, bunda yaratilgan öquv rejalari, öqitiş va baholaşni çuqur örgatişga qaratilgandir. Dastur maktabgaça taʼlim nazariyasi va tarixi, maktabgaça taʼlim amaliyotida bölajak tarbiyaçi murabbiylarni öqitişning nazariy va amaliy hamda interfaol usullari va fan sohasini mukammal egallaşlarida mustahkam poydevor bölib xizmat qiladi.
Uşbu yönaliş maktabgaça yoşdagi bolani qamrab olgan yaxlit taʼlim jarayoni bölib, 3 yoşdan 6 yoşgaça rivojlanişda bölgan bolalarni tarbiyalaşga qaratilgan dasturdir. Bölajak tarbiyaçi murabiylarga maktabgaça yoşdagi bolalarga örgatilişi zarur bölgan inklyuziv, kognitiv, lingvistik va ijtimoiy hamda iqtidorli rivojlantirişga moyil bölgan bolalarning turli guruhlarini öqitişda moslaştirilgan. Аnʼanaviy va innovatsion tadqiqot usullaridan foydalangan holda oliy taʼlimning maktabgaça taʼlim nazariyasi va amaliyoti ўргатилинди.
Kursda olingan nazariy bilimlarni amaliyotda qöllaşga qaratilgan. Kursning mohiyati taʼlim tizimida şiddat bilan rivojlanayotgan zamonaviy özgarişlarni bolalarga taʼsirini va bolalarga töğri yönalişda rivojlanişiga yordam beradigan yetuk, raqobatbardoş mutaxassislarni tayyorlaşni közda tutadi.
Boşlanğiç ta'lim
Bölajak boşlanğiç sinf öqituvçisini tayyorlaydigan, jamiyatda öz örniga ega böladigan raqobatbardoş mutaxassis kadrlar tayorlaydigan yönaliş bölib, Özbekiston Respublikasining davlat va xususiy maktablarida 1-4 sinfgaça öqitiş uçun möljallangan taʼlim jarayoniga tayyorlaydigan soha bölib, bölajak boşlanğiç sinf öqituvçilarini professional darajaga yetkazişga, ularni jamiyatdagi rolini oşiriş, yangi innovatsion texnologiyalar asosida öqitişga qaratilgan.
Dastur talablari asosida boşlanğiç sinf öqituvçisi uçun zarur bölgan bilim, könikma va malakalarni özlaştirişga nazariy va amaliy yordam beradi. Bolajak boşlanğiç sinf öqituvçilari pedagogik nazariyani, öqitiş metodikasini va psixologik tuşunçalar, biliş jarayonlarini hamda boşlanğiç taʼlim nazariyasi böyiça kurslarda faol qatnaşadilar. Şuningdek, öquv kurslarda umumiy fundamental bilimga ega böladilar.
Pedagogika
Ta'lim va tarbiya jarayonlarini taşkil etiş, zamonaviy öqitiş metodlari hamda yoş avlod bilan samarali işlaşni örganasiz. Talabalar pedagogik texnologiyalar, ta'lim psixologiyasi va innovatsion öqitiş usullarini egallaydilar.
Kimlar uçun mos?
Bilim ulaşişni yoqtiradiganlar;
Bolalar va yoşlar bilan işlaşga qiziqadiganlar;
Ta'lim sohasida faoliyat yuritişni istovçilar.
Psixologiya
Inson ruhiyati, xulq-atvori va şaxs rivojlanişining psixologik jihatlarini örganasiz. Ta'lim davomida amaliy va nazariy psixologiya, psixodiagnostika, maslahat beriş, konfliktlarni boşqariş va muloqot psixologiyasi böyiça bilimlarga ega bölasiz.
Kimlar uçun mos?
Insonlarni tuşunişga qiziqadiganlar;
Tinglaş va maslahat beriş qobiliyatiga ega bölganlar;
Psixolog, trener yoki HR mutaxassisi sifatida faoliyat yuritişni istovçilar.
Filologiya va tillarni öqitiş (Ingliz tili)
Ingliz tilini çuqur örganiş, tilşunoslik va adabiyot asoslarini egallaş hamda zamonaviy öqitiş metodlarini örganasiz. Ta’lim davomida ingliz tili grammatikasi, fonetika, tarjima, tilşunoslik, ingliz va Amerika adabiyoti, pedagogika hamda ingliz tilini öqitiş metodikasi böyiça bilim va könikmalarga ega bölasiz.
Kimlar uçun mos?
Ingliz tili va xorijiy tillarga qiziqadiganlar;
Til örganiş va örgatişni yoqtiradiganlar;
Öqituvçi, tarjimon yoki til mutaxassisi sifatida faoliyat yuritişni istovçilar.
FAQ
Biz kimmiz? ISFT nima?
ISFT Instituti Özbekistondagi eng ilğor, innovatsion va istiqbolli institutlardan biri bölib, uzoq yillik tarixiga ega. Uşbu dargoh 2016 yil International School of Finance Technology and Science (ISFT) nomi ostida biznes maktab sifatida faoliyatini boşlagan. Biznes maktabda darslar asosan ingliz tilida bölib, Buyuk Britaniyaning ACCA dasturi asosida xalqaro buxgalteriya böyiça ta’lim berilan.
2019 yil Özbekiston Respublikasi Prezidentining 5847-sonli «Özbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgaça rivojlantiriş konsepsiyasini tasdiqlaş töğrisida» farmoniga asosan davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalarini faoliyatini taşkil etiş asosida oliy ta’lim bilan qamrov darajasini 50 foizdan oşiriş, sohada soğlom raqobat muhitini yaratiş belgilangan.
Şundan kelib çiqib, 2021 yil ISFT Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi tomonidan 0035-sonli litsenziyaga ega böldi va ISFT Instituti brendi ostida öz faoliyat davom ettirib kelmoqda.
ISFT Institutimizda 2 ta: kunduzgi va sirtqi ta’lim şakli böyiça tahsil olişingiz mumkin. 2021 yilda bakalavr uçun 1 ta fakultetda 3 ta yönaliş bölgan bölsa, 2024 yilga kelib bakalavr uçun 3 ta fakultetda 15 ta yönalişda tahsil oliş imkoniyati yaratildi va magistratura uçun 4 ta yönaliş oçildi.
ISFT davlat ta'lim muassasasimi?
Yöq. ISFT Instituti nodavlat / xususiy oliy ta'lim muassasasidir. Bizning muassasamiz Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi muassasa tomonidan berilgan va davlatning barça tegişli talablariga javob beruvçi litsenziya va sertifikatlar asosida iş faoliyatini olib boradi.
ISFT instituti HEMIS platformasidan röyxatdan ötganmi?
ISFT instituti HEMIS platformasida röyxatdan ötganligini uşbu havola orqali tekşirib körişingiz mumkin hemis.uz
Kontrakt
Kontrakt summasi
Öqişga tavsiya etilgan abituriyentlar uçun yillik kontrakt summasi:
Bugungi kunda BHM (bazaviy hisoblaş miqdori) 412 000 sömni taşkil etadi.
Toşkent:
Kunduzgi ta’lim şakli uçun tölov — 50 BHM (xalqaro yönalişlar) va joriy yil uçun 20 600 000 sömni taşkil etadi.
Kunduzgi ta’lim şakli uçun tölov — 46 BHM (boşqa yönalişlar) va joriy yil uçun 18 952 000 sömni taşkil etadi.
Masofaviy ta’lim uçun tölov-kontrakt miqdori — 25 BHM barça yönalişlar uçun bir xil bölib, joriy yil uçun 10 300 000 sömni taşkil etadi.
Magistratura uçun tölov-kontrakt miqdori — 65 BHM barça yönalişlar uçun bir xil bölib, joriy yil uçun 26 780 000 sömni taşkil etadi.
Samarqand:
Kunduzgi ta’lim şakli uçun tölov — 48 BHM (xalqaro yönalişlar) va joriy yil uçun 19 776 000 sömni taşkil etadi.
Kunduzgi ta’lim şakli uçun tölov — 44 BHM (boşqa yönalişlar) va joriy yil uçun 18 128 000 sömni taşkil etadi.
ISFT instituti talabalarga stipendiya bermaydi, ammo yillik 100% grantlar ajratişi mumkin.
Agar bir oilada (aka-ukalar, opa-singillar, er va xotin va h.k.) 2 yoki undan ortiq talaba öqiyotgan bölsa, u holda oilaning har bir a’zosiga tölov-kontrakt uçun 10% çegirma beriladi.
Öqiş narxi har yili yangi öquv yili boşlanişidan oldin özgarşi mumkin.
Grant örinlari ham mavjudmi?
ISFTinstitutida jami 300 ta grant örni ajratilgan. Şundan kunduzgi ta’lim şakli uçun 250 ta umumiy grant hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari vakillari uçun qöşimça 50 ta maxsus grant örni taqdim etiladi.
Maxsus grant örinlari yoşlar daftari, ayollar daftari va temir daftar röyxatiga kiritilganlar, şuningdek boquvçisini yöqotgan hamda nogironligi bölgan nomzodlar uçun möljallangan.
Öqişni köçiriş
Albatta institutimizda öqişni köçiriş mavjud. Öqişini köçiradigan talabalar faqat 2-kursdan va 3-kursdan qabul qilinadi.
Nafaqat Özbekistondan, siz Xorijdan ham bizning institutimizga öqişni köçirsangiz böladi,
talablar: 1-kursni tugatgan bölişingiz , yakuniy imtixonlaringizdan ötgan va 1-kurs tugatganligingiz haqida buyruğingiz bölişi talab qilinadi
ACCA nima?
ACCA - Buyuk Britaniyada 1904 yilda taşkil topgan, malakali buxgalterlar uyuşmasi hisoblanadi. Bugungi kunda ACCA - bu 181 mamlakatda 227000 a'zolar va 544000 talabalarni birlaştirgan va professional doiralarda kuçli obröga ega bölgan yuqori malakali buxgalterlarning eng yirik xalqaro taşkilotidir.
ACCA ning dunyo miqyosida tan olinişi.
ACCA malakasi dunyodagi eng tan olinganlardan biridir. U moliya direktorlari, boş buxgalterlar, içki va taşqi auditorlar, xalqaro miqyosdagi moliyaviy tahlilçilarni tayyorlaşga qaratilgan. ACCA malaka oşiriş dasturi quyidagi fanlarni öz içiga oladi: buxgalteriya hisobi, boşqaruv hisobi, moliyaviy menejment, biznes strategiyasi va boşqaruvi, audit va soliqqa tortiş.
Xalqaro akkreditatsiya
ISFT instituti xalqaro akkreditatsiyadan 2025-yil 23-yanvarda muvaffaqiyatli ötgan.
Xalqaro akkreditatsiya nima degani?
Bu — institut ta’lim sifati, öquv dasturlari, professor-öqituvçilar salohiyati va boşqaruv tizimi dunyo standartlariga javob beradi, degani.
ISFT öqitiş tizimning sifat nazorati "Ta’lim va soğliqni saqlaş sohasida akkreditatsiya va sifatni ta’minlaş Yevroosiyo markazi (ECAQA)" tomonidan litsenziyalangan.
Bu taşkilot AQŞ Ta’lim Akkreditatsiya Kengaşi xalqaro guruhi (CHEA/IQG) a’zosi sifatida röyxatdan ötgan. Ta’kidlaş joiz, Özbekistondagi xususiy OTMlar içida faqatgina ISFT institutida ECAQA akkreditatsiyasi mavjud.
Bu talabalar uçun nimani anglatadi?
• ISFT diplomining xorijiy 70 ta mamlakatda tan olinişi
• Çet ellik iş beruvçilar va universitetlar oldida yuqori işonç
• ISFT diplomi bilan çet elda öqişni davom ettiriş imkoniyati
• Raqobatbardoş ta’lim va kasbga zamonaviy yondaşuv