Ijtimoiy-gumanitar fanlar va tillar

1
Hoziroq biz bilan bog'laning

O'zingiz istagan savollarga 5 daqiqa ichida javob oling va o'z o'rningizni band qiling.

ISFT instituti talabasi bo'ling

va ushbu yo'nalishida BEPUL o'qish imkoniyatiga ega bo'ling

Fakultet tavsifi

Gumanitar dasturlar odatda inson va jamiyatni o'rganishga qaratilgan bo'lib, uning asosiy yo'nalishlari tilshunoslik, adabiyot, tarix, falsafa, madaniyatshunoslik, psixologiya, ijtimoiyot kabi fanlar bilan bog'liq. Bu fakultet talabalarga inson tafakkuri, madaniyati, tarixi va ijtimoiy jarayonlarni chuqur o'rganish imkoniyatini beradi.

Fakultetning maqsadi — insoniy bilimlar sohasida keng qamrovli ko'nikmalarni shakllantirish, tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish hamda madaniy merosni o'rganish va saqlash bo'yicha bilimlar berishdir. Gumanitar fanlar o'qitilishi orqali talabalar insonning individual rivojlanishi, madaniyatlararo muloqot, axloqiy me'yorlar va ijtimoiy hodisalar haqidagi tushunchalarni shakllantiradilar.

Gumanitar fakultet talabalari ko'pincha tilshunoslik, tarjimonlik, jurnalistika, xalqaro aloqalar, tarixiy tadqiqotlar va madaniy ishlarda o'z bilimlarini amalda qo'llash imkoniyatiga ega bo'lishadi. Fakultet talabalari jamiyat va insoniyat rivojlanishiga o'z hissasini qo'shadigan yuqori malakali mutaxassislar bo'lish uchun zarur bo'lgan amaliy va nazariy tayyorgarlikdan o'tadilar.

Yo'nalishlar

Pedagogika va psixologiya

Pedagogika bo'yicha bakalavr - ta'lim va tarbiya sohasidagi mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan ta'lim dasturi. Talabalar pedagogik faoliyatning nazariy va amaliy jihatlarini, shu jumladan psixologiya, o'qitish metodikasi va ta'lim texnologiyalarini o'rganadilar. Dastur, shuningdek, maktablarda va boshqa ta'lim muassasalarida amaliyotni o'z ichiga oladi, bu esa olingan bilimlarni amalda qo'llash imkonini beradi. Natijada, bitiruvchilar turli xil ta'lim tashkilotlarida o'qituvchi, o'qituvchi yoki metodist sifatida ishlashga tayyor.

 

Xorijiy til va adabiyoti

Dastur davomida talabalar ingliz tili fanini oʼqitishning ilmiy va amaliy nazariyalari va shu sohada amalga oshirilgan zamonaviy tadqiqotlarni oʼrganadilar. Shu bilan birga, tilni samarali oʼzlashtirishga yordam beradigan, til oʼrganuvchilarning savodhonligini oshiradigan usullar bilan tanishadilar va amalda tadbiq etadilar; Talabalar ingliz tili oʼrganuvchilariga samarali oʼquv muhitini yaratishda ingliz madaniyati nazariyasi va printsiplari muhim ahamiyatga ega ekanligini oʼrganadilar. Va kerakli amaliy koʼnikmalarini shakllantiradilar. Til oʼrganish jarayonida madaniyat va madaniy qatlamlarning mohiyati va roli bilan bogʼliq boʼlgan tushunchalar, madaniy oʼziga xosliklar til oʼrganishga muhim taʼsir koʼrsatuvchi omil ekanligini oʼrganadilar; Talabalar dalillarga asoslangan amaliyotlarni oʼrgangan holda, oʼquv rejasi tuzish va undan dars jarayonida foydalanish xamda ingliz tilini ikkinchi til sifatida oʼqitish standartlariga moslashtirish usullarini oʼrganadilar. Talabalar dastur modellari, til koʼnikmalarini rivojlantirish va dars jarayonida integratsiyalash strategiyalarini tadbiq etish haqida maʼlumotga ega boʼladilar. Zamonaviy texnologiyalarni til oʼrgatish jarayonida samarali qoʼllash, til oʼrganuvchilarga mos keladigan oʼquv resurslari va materiallarni toʼgʼri tanlay olish va tuzish malakalarini shakllantiradilar.

Maktabgacha ta’lim

Maktabgacha taʼlim yoʼnalishi – kelajakda professional rivojlangan pedagog tarbiyachilarni tayyorlashga qaratilgan dastur boʼlib, ular bolalarni har tomonlama rivojlantirishda, oilaviy bogʼchalarni tizimli tashkil etishga, davlat va nodavlat bogʼchalarni rivojlantirishga asos boʼlib, bunda yaratilgan oʼquv rejalari, oʼqitish va baholashni chuqur oʼrgatishga qaratilgandir. Dastur maktabgacha taʼlim nazariyasi va tarixi, maktabgacha taʼlim amaliyotida boʼlajak tarbiyachi murabbiylarni oʼqitishning nazariy va amaliy hamda interfaol usullari va fan sohasini mukammal egallashlarida mustahkam poydevor boʼlib xizmat qiladi.

Ushbu yoʼnalish maktabgacha yoshdagi bolani qamrab olgan yaxlit taʼlim jarayoni boʼlib, 3 yoshdan 6 yoshgacha rivojlanishda boʼlgan bolalarni tarbiyalashga qaratilgan dasturdir. Boʼlajak tarbiyachi murabiylarga maktabgacha yoshdagi bolalarga oʼrgatilishi zarur boʼlgan inklyuziv, kognitiv, lingvistik va ijtimoiy hamda iqtidorli rivojlantirishga moyil boʼlgan bolalarning turli guruhlarini oʼqitishda moslashtirilgan. Аnʼanaviy va innovatsion tadqiqot usullaridan foydalangan holda oliy taʼlimning maktabgacha taʼlim nazariyasi va amaliyoti ўргатилинди.

Kursda olingan nazariy bilimlarni amaliyotda qoʼllashga qaratilgan. Kursning mohiyati taʼlim tizimida shiddat bilan rivojlanayotgan zamonaviy oʼzgarishlarni bolalarga taʼsirini va bolalarga toʼgʼri yoʼnalishda rivojlanishiga yordam beradigan yetuk, raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashni koʼzda tutadi.

 

Boshlang'ich ta'lim

Boʼlajak boshlangʼich sinf oʼqituvchisini tayyorlaydigan, jamiyatda oʼz oʼrniga ega boʼladigan raqobatbardosh mutaxassis kadrlar tayorlaydigan yoʼnalish boʼlib, Oʼzbekiston Respublikasining davlat va xususiy maktablarida 1-4 sinfgacha oʼqitish uchun moʼljallangan taʼlim jarayoniga tayyorlaydigan soha boʼlib, boʼlajak boshlangʼich sinf oʼqituvchilarini professional darajaga yetkazishga, ularni jamiyatdagi rolini oshirish, yangi innovatsion texnologiyalar asosida oʼqitishga qaratilgan.

Dastur talablari asosida boshlangʼich sinf oʼqituvchisi uchun zarur boʼlgan bilim, koʼnikma va malakalarni oʼzlashtirishga nazariy va amaliy yordam beradi. Bolajak boshlangʼich sinf oʼqituvchilari pedagogik nazariyani, oʼqitish metodikasini va psixologik tushunchalar, bilish jarayonlarini hamda boshlangʼich taʼlim nazariyasi boʼyicha kurslarda faol qatnashadilar. Shuningdek, oʼquv kurslarda umumiy fundamental bilimga ega boʼladilar.