1

ISFT instituti ochiq tanlov e’lon qiladi!

“INTERNATIONAL SCHOOL OF FINANCE, TECHNOLOGY AND SCIENCE” instituti
O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligiga muvofiq, 2026/2027 o‘quv yili uchun
professor-o‘qituvchilar tarkibidagi bo‘sh ish o‘rinlarini to‘ldirish maqsadida
ochiq tanlov e’lon qiladi.

Bo‘sh ish o‘rinlari:
1.Fan o‘qituvchilari: Ekonometrika va iqtisodiyot, IT va axborot xavfsizligi, menejment, marketing va biznes fanlari bo‘yicha.

2.Kafedra dotsentlari: Ekonometrika va iqtisodiyot, IT va axborot xavfsizligi, menejment, marketing va biznes fanlari bo‘yicha.

3.Kafedra professorlari: Ekonometrika va iqtisodiyot, IT va axborot xavfsizligi, menejment, marketing va biznes fanlari bo‘yicha.

Yo‘nalishlar: Axborot texnologiyalari, Biznes, Iqtisodiyot, Moliya, Buxgalteriya, Bank ishi, Soliq, Matematika, Psixologiya, Pedagogika, Xorijiy tillar (ingliz, turk, nemis), O‘zbek va rus tili, Dinshunoslik, Falsafa, Huquq, Siyosatshunoslik va boshqa yo‘nalishlar.

Nomzodlarga talablar:
1.Tegishli sohada oliy ma’lumot (magistr/PhD/DSc – ustunlik);
2.O‘qituvchilik yoki ilmiy tajriba (kamida 2 yil, dotsent va professorlar uchun — 5 yil);
3.Zamonaviy dars uslublarini bilish, LMS (Google Docs va boshqalar) ko‘nikmalari;
4.Ingliz tilini B2 darajadan yuqori bilish (ba’zi lavozimlar uchun shart);
Ilmiy maqolalar mavjudligi – afzallik.

5.Xalqaro yoki litsenziyalanadigan nashrlarda ilmiy maqolalarning mavjudligi.

6.Rus tili va ingiliz tillarida dars bera olishi.

Tanlovda ishtirok etish uchun zarur hujjatlar:

1. Ariza (belgilangan shaklda);
2. Rasmi bilan ma’lumotnoma (rezyume);
3. Diplom(lar) nusxasi;
4. Mehnat daftarchasi yoki ish stajini tasdiqlovchi ma’lumotnoma;
5. Sudlanmaganlik to‘g‘risida ma’lumotnoma;
6. Ilmiy yoki o‘quv-uslubiy nashrlar ro‘yxati (mavjud bo‘lsa);
7. Malaka oshirish kurslari sertifikatlari (mavjud bo‘lsa);
8. Chet tilini bilish sertifikati (mavjud bo‘lsa);
9. Tavsiyanomalar (mavjud bo‘lsa);

Hujjat topshirish tartibi:

Nomzodlar quyidagi usullardan biri orqali hujjat topshirishlari mumkin:
1. Institutning kadrlar bo‘limi xodimi (@H_03NU) telegramiga, yoki Toshkent shahri,Mirzo Ulug‘bek Shoh ko‘chasi120, Eco2 bino 207-xona
soat 9:00 dan 17:00 gacha (dushanba–juma)
Mo‘ljal: Eco bozori ro‘parasi
2. Elektron shaklda — email orqali: hr.isft@yahoo.com Mavzu satrida: Familiya_Ism_Tanlov_2026 deb yozish
Hujjatlar bitta PDF faylga birlashtirilgan bo‘lishi kerak
3. Rasmiy veb-sayt orqali — www.isft.uz/career (onlayn forma - “Vakansiyalar” bo‘limida)

Tanlov sanalar:

● Hujjatlar qabul qilish boshlanishi: 25-iyul 2026
● Hujjatlar topshirishning oxirgi kuni: 15-avgust 2026
● Suhbatlar va ochiq darslar:15-avgustdan 25-avgustgacha
● Tanlov natijalari: 25-avgustdan so‘ng

Bog‘lanish uchun:
● Email: hr.isft@yahoo.com
● Telefon: +998 (55) -508-37-37
● Kadrlar bo‘limi xodimi (97)-454-81-80
● Sayt: www.isft.uz

20

Iyul2026

Do'stlar bilan ulashish:

So'ngi tadbirlar

ISFT instituti “QS Eurasian Forum” doirasida mintaqaviy va global hamkorlikni mustahkamlamoqda.

25

Noyabr2025