1

Jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurash!

2025-yilning 13-oktabr kuni ISFT institutida talaba-yoshlar va professor-oʻqituvchilar ishtirokida “Jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurash!” va “Inson qadri va huquqlarining ustuvorligi taraqqiyot poydevori”  mavzusida profilaktik tadbir tashkil etildi.

Mazkur tadbir Imom Moturudiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi katta ilmiy xodimi Ulug‘bek Jo‘rayev Baxodirovich bilan hamkorlikda oʻtkazildi. Tadbirda ISFT instituti Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori Z.M. Narkuziyeva, shuningdek, institutning 9 nafar tyutorlari va boshqalar hamda191 nafar 1-bosqich talabalar ishtirok etishdi.

ISFT instituti Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori Z.M. Narkuziyeva talabalarga bilim va ma’rifatning kuchi, inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishning ahamiyati, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va ularga hurmat bilan qarash zarurligi haqida fikr-mulohazalar bildirdi.

13

Oktabr2025

Do'stlar bilan ulashish: