1

ISFT institutida Institut ilmiy-uslubiy kengashi bo‘lib o‘tdi

2026 yilning 29-yanvar kuni ISFT institutida navbatdagi ilmiy-uslubiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Kengashda rahbariyat, bo‘lim rahbarlari, kafedra mudirlari hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda institutning joriy o‘quv yili uchun ustuvor vazifalar belgilab olindi. Kun tartibida iqtidorli talabalar bilan ishlash, yakunlangan o‘quv semestrida institut professor-o‘qituvchilari tomonidan amalga oshirilgan ilmiy-uslubiy ishlar, rejalashtirilgan darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, ularni nashrga tayyorlash va boshqa dolzarb masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, ta’lim sifatini yanada yuksaltirish, talabalar uchun yaratilayotgan imkoniyatlarni kengaytirish, shuningdek, ilmiy-tadqiqotlar va innovatsiyalarni rivojlantirish bo‘yicha muhim tashabbuslar ilgari surildi.

Tadbir yakunida institut jamoasi oldida turgan dolzarb vazifalar yana bir bor eslatib o‘tildi.

29

Yanvar2026

Do'stlar bilan ulashish:

So'ngi tadbirlar

ISFT instituti “QS Eurasian Forum” doirasida mintaqaviy va global hamkorlikni mustahkamlamoqda.

25

Noyabr2025