1

ISFT institutida davlat stipendiantlar taqdirlandi

ISFT instituti tomonidan iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ilmiy va akademik yutuqlarini e’tirof etish maqsadida 6-mart kuni taqdirlash marosimi tashkil etildi.

azkur tadbirda Abdurahmonova Movluda Ismoilovna — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi hamda Abdurahmonova Munisa Abdurahim qizi — Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi sohibalari institut tomonidan alohida e’tirof etildi.

Ularning ilmiy izlanishlari, yuqori akademik natijalari hamda iqtidorli yoshlar safida erishgan yutuqlari munosabati bilan Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining sertifikati hamda institutning esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

Institut jamoasi stipendiatlarni ushbu yutuqlari bilan samimiy tabriklab, ularga kelgusidagi ilmiy faoliyatiga ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.

07

Mart2026

Do'stlar bilan ulashish:

So'ngi tadbirlar

ISFT instituti “QS Eurasian Forum” doirasida mintaqaviy va global hamkorlikni mustahkamlamoqda.

25

Noyabr2025