1

ISFTda Aprel — Barqaror rivojlanish maqsadlari oyligi davom etmoqda.

“Bir sayyora, bir maqsad!” shiori ostida ISFT institutida Barqaror rivojlanish maqsadlariga (BRM/SDG) bag‘ishlangan Aprel oyligi doirasidagi tadbirlar davom etmoqda. Ushbu tashabbus talaba va professor-o‘qituvchilar o‘rtasida barqaror rivojlanish, sifatli ta’lim va xalqaro hamkorlik bo‘yicha bilimlarni kengaytirishga qaratilgan.

 

15-aprel kuni soat 10:00–11:30 oralig‘ida ISFT kutubxonasida tashkil etiladigan navbatdagi ma’ruza doirasida xalqaro ta’lim va tadqiqot sohasida tajribali mutaxassis, Fulbright dasturi (2024) g‘olibasi, UCL trening ishtirokchisi hamda Erasmus+ dasturi qatnashchisi Zuhra Hakimova ishtirok etadi. Ma’ruza davomida spiker sifatli ta’lim (SDG 4) va xalqaro hamkorlik (SDG 17)ning ahamiyatini global akademik tajribalar asosida yoritib beradi, shuningdek bilim almashinuvi va rivojlanish imkoniyatlari haqida fikr yuritadi.

 

Mazkur tadbir orqali ishtirokchilarga xalqaro ta’lim tizimidagi zamonaviy yondashuvlar, akademik mobillik imkoniyatlari hamda global hamkorlikning ahamiyati haqida tushunchalar beriladi. Tadbir ISFT institutining SDG 4 — sifatli ta’lim va SDG 17 — hamkorlik orqali rivojlanish yo‘nalishlaridagi ustuvor vazifalariga xizmat qiladi.

 

Sana va manzil:

2026-yil 15-aprel, soat 10:00

ISFT instituti asosiy bino, Kutubxona

Ma’ruza ingliz va o’zbek tillarida olib boriladi

Barcha qiziquvchilarni faol ishtirok etishga chorlab qolamiz

13

Aprel2026

Do'stlar bilan ulashish:

So'ngi tadbirlar

ISFT instituti “QS Eurasian Forum” doirasida mintaqaviy va global hamkorlikni mustahkamlamoqda.

25

Noyabr2025