
Bir sayyora, bir maqsad! shiori ostida ISFT institutida ‘Aprel — BRM (SDG) oyligi!’
ISFT institutida Barqaror rivojlanish maqsadlariga bag‘ishlangan maxsus Aprel oyligi start olmoqda. Ushbu oylik doirasida talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun foydali va mazmunli ma’ruzalar tashkil etiladi.
Ma’ruzalar sanasi: 8/15/22-aprel
Vaqti: 10:00 – 11:30
Manzil: ISFT kutubxonasi
Spikerlar:
Pulatova Oydin (SDG 12) — Green University vakili, ilmiy innovatsion loyihalarni tijoratlashtirish bo‘limi bosh mutaxassisi, ORGANIC LIVING brendi asoschisi. U barqaror iste’mol va ishlab chiqarish tamoyillarini amaliy misollar orqali yoritib, ekologik ong va yashil turmush tarzini rivojlantirish bo‘yicha tajribasi bilan o‘rtoqlashadi.
Zuhra Hakimova (SDG 4, SDG 17) — xalqaro ta’lim va tadqiqot sohasida tajribali mutaxassis, Fulbright dasturi (2024) g‘olibasi, UCL trening ishtirokchisi, Erasmus+ dasturi qatnashchisi. U sifatli ta’lim va xalqaro hamkorlikning ahamiyatini ochib berib, global akademik tajribalar asosida bilim almashinuvi va rivojlanish imkoniyatlarini muhokama qiladi.
Nilufar Kayumova (SDG 5, SDG 8) — Global Accelerator jamoasida (ILO) Bandlik bo‘yicha loyiha mutaxassisi, sobiq UNDP mutaxassisi. U gender tengligi va munosib mehnat masalalarini yoritib, ayollarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish hamda inklyuziv mehnat muhitini rivojlantirish bo‘yicha amaliy yondashuvlar bilan bo‘lishadi.
Sizni nimalar kutmoqda?
— SDG bo‘yicha real tajribalar
— ilm, ta’lim va innovatsiyalar uyg‘unligi
— yangi bilimlar, yangi qarashlar va yangi imkoniyatlar
Ishtirok bepul va ochiq!
ISFT bilan birga barqaror kelajak sari qadam tashlang!
31
Do'stlar bilan ulashish: