1

Xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazalaridan samarali foydalanish bo‘yicha seminar

Ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanayotgan professor-o‘qituvchilar, magistrantlar, tadqiqotchilar va doktorantlarni ilmiy seminarga taklif etamiz.

 

ISFT Ilmiy bo‘limi hamda Buxgalteriya hisobi kafedrasi tomonidan xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazalaridan samarali foydalanish (ResearchGate, Google Scholar, PubMed, Academia.edu, OpenAIRE) bo‘yicha seminar tashkil etiladi.

 

Seminar davomida ishtirokchilarga xalqaro ilmiy bazalardan to‘g‘ri va samarali foydalanish, ilmiy maqola yozishda dolzarb manbalarni topish, tadqiqot metodologiyalarini boyitish hamda Open Access platformalar imkoniyatlari bo‘yicha zarur bilim va amaliy ko‘nikmalar beriladi.

 

Sana va manzil:
17-aprel | 10:00
ISFT instituti asosiy binosi, Kutubxona

 

Barchangizni faol ishtirok etishga taklif qilamiz.

13

Aprel2026

Do'stlar bilan ulashish:

So'ngi tadbirlar

ISFT instituti “QS Eurasian Forum” doirasida mintaqaviy va global hamkorlikni mustahkamlamoqda.

25

Noyabr2025