
Turkum fan olimpiadalarining institut bosqichiga start berildi.
2026-yil 6–9 aprel kunlari ISFT institutida iqtidorli talabalarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash, ularning ilmiy salohiyatini rivojlantirish, shuningdek iqtisodiy hamda moliyaviy savodxonligini oshirish maqsadida bakalavriat kunduzgi ta’lim yo‘nalishlari bitiruvchi bosqich talabalari o‘rtasida turkum fan olimpiadalari o‘tkazilmoqda.
6-aprel kuni olimpiadalarning ilk bosqichi “Umumiy iqtisodiyot nazariyasi” fani bo‘yicha bo‘lib o‘tdi. Olimpiadani institut rektori hamda ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor ochib berib, ishtirokchi talabalarga omad va muvaffaqiyat tiladilar.
Mazkur olimpiadalar talabalar uchun o‘z bilim va ko‘nikmalarini namoyon etish, fanlarga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish hamda sog‘lom raqobat muhitida o‘z salohiyatini sinab ko‘rish imkonini yaratadi.
06
Do'stlar bilan ulashish: