
ISFT instituti Kengaşining navbatdagi yiğilişi: strategik vazifalar, ta’lim sifati va ilmiy yutuqlar e’tirofi
2026-yil 1-may kuni ISFT instituti Kengaşining 5-sonli majlisi bölib ötdi. Unda institutning 2025–2026-öquv yilidagi faoliyati atrofliça sarhisob qilinib, istiqboldagi ustuvor vazifalar va strategik yönalişlar belgilab olindi.
Ta’lim sifati va öquv jarayoniga ustuvor e’tibor
Kengaş kun tartibidagi asosiy masalalardan biri 2025–2026-öquv yili bahorgi semestr yakunlariga puxta tayyorgarlik köriş, yakuniy nazorat jarayonlarini samarali taşkil etiş hamda bitiruvçi talabalar uçun yakuniy davlat attestatsiyasi va bitiruv malakaviy işlarini himoya qiliş jarayonlarini yuqori saviyada ötkaziş masalalari böldi. Şuningdek, 2026–2027-öquv yili uçun qabul parametrlari tasdiqlandi.
Ta’lim sifatini yanada oşiriş maqsadida institutni kompleks davlat akkreditatsiyasidan ötkaziş böyiça içki baholaş jarayonlariga tayyorgarlik holati körib çiqildi. Kafedralardagi ta’lim sifati tanqidiy tahlil qilinib, mavjud yutuqlar bilan bir qatorda ustuvor vazifalar ham belgilandi.
Ilm-fan, ma’naviyat va soğlom muhit
Majlis davomida institutda ötkaziladigan xalqaro hamda respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumanlarga tayyorgarlik, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlaş samaradorligi, talabalarning böş vaqtini mazmunli taşkil etiş, korrupsiyaga qarşi kuraşiş va huquqiy madaniyatni yuksaltiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Şuningdek, professor-öqituvçilar va xodimlar örtasida soğlom turmuş tarzini keng tarğib qiliş maqsadida “Rektor kubogi – 2026” sport musobaqalarini taşkil etiş belgilandi.
Ilmiy yutuqlar – yuksak e’tirof
Majlisning eng quvonçli va hayajonli qismi institut professor-öqituvçilarining ilmiy yutuqlarini e’tirof etiş marosimi böldi. Quyidagi ustozlarga ilmiy daraja va unvonlar tantanali ravişda topşirildi:
Falsafa fanlari doktori (DSc):
• Xidirov Mustafo Toyirquloviç
Iqtisodiyot fanlari doktori (DSc):
• Uktamov Xusniddin Faxriddinoviç
Dotsent ilmiy unvoni:
• Yangiboyev Dilşod Ğulomoviç (iqtisodiyot)
• Maxsumov Islomjon Adiloviç (pedagogika)
• Turgunova Gulru Todjiboyevna (psixologiya)
• Xaydarov Dilşod Oçiloviç (tarix)
• Kadirova Ziyoda Raximdjanovna (falsafa)
• Yusupov Asror Maxmanazar öğli (iqtisodiyot)
ISFT instituti jamoasi barça ustozlarni uşbu yuksak ilmiy muvaffaqiyatlar bilan samimiy muborakbod etadi hamda ularning kelgusi ilmiy va pedagogik faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaydi.
01
Döstlar bilan ulaşiş: