Blue Teal Color Blocks Study Abroad Instagram Post (1)_page-0001

2027-YIL UCHUN DOKTORANTURA, TAYANCH DOKTORANTURA VA MUSTAQIL IZLANUVCHILIKKA QABUL E’LON QILINADI

International School of Finance Technology and Science (ISFT) instituti 2027-yil uchun Fan doktori (DSc) va Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun doktorantura, tayanch doktorantura hamda mustaqil izlanuvchilikka quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha tanlov e’lon qiladi.

Doktorantura (DSc) uchun:
  • 09.00.04 — Ijtimoiy falsafa — 1 ta o‘rin;
  • 19.00.05 — Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya — 1 ta o‘rin;
  • 19.00.06 — Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi — 1 ta o‘rin.
Tayanch doktorantura (PhD) uchun:
  • 08.00.07 — Moliya, pul muomalasi va kredit — 2 ta o‘rin;
  • 08.00.08 — Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit — 2 ta o‘rin;
  • 08.00.11 — Marketing — 2 ta o‘rin;
  • 09.00.01 — Ontologiya, gnoseologiya va mantiq — 1 ta o‘rin;
  • 09.00.04 — Ijtimoiy falsafa — 2 ta o‘rin;
  • 19.00.05 — Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya — 2 ta o‘rin;
  • 19.00.06 — Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi — 2 ta o‘rin.
Talabgorlar tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar:
  1. ISFT instituti rektori nomiga yozilgan ariza;
  2. Qisqacha avtobiografik ma’lumot — ob’yektivka (3.5-shakl namunasi asosida, o‘zbek yoki rus tilida);
  3. Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
  4. Magistratura diplomi yoki oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturi) to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
  5. Nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati hamda ularning nusxalari (kamida 1 ta ilmiy maqola va 2 ta tezis);
  6. Ish joyidan tavsifnoma (mustaqil izlanuvchilar uchun);
  7. Pasport nusxasi;
  8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sohibi ekanligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi (mavjud bo‘lsa);
  9. Til bo‘yicha milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat — kamida B2 daraja.
Hujjatlarni topshirish tartibi
Talabgorlar barcha hujjatlarni PDF formatida tayyorlab, oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizim — DARAJA.ILMIY.UZ orqali 2026-yil 15-sentabrdan 15-oktabrgacha bo‘lgan muddatda ro‘yxatdan o‘tgan holda yuborishlari lozim.

15

Avgust2026

Do'stlar bilan ulashish:

So'ngi tadbirlar

ISFT instituti “QS Eurasian Forum” doirasida mintaqaviy va global hamkorlikni mustahkamlamoqda.

25

Noyabr2025