
ISFT institutida talabalarning ijara xonadonlaridagi yaşaş şaroitlari örganildi
ISFT institutida talabalarning ijtimoiy-maişiy şaroitlarini yaxşilaş, ularning xavfsizligini ta’minlaş hamda ta’lim olişlari uçun qulay muhit yaratiş maqsadida ijara xonadonlarida istiqomat qilayotgan talabalarning yaşaş şaroitlarini örganiş işlari tizimli ravişda olib borilmoqda.
Mazkur jarayon doirasida institutning Yoşlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy işlar böyiça birinçi prorektori Z.M. Norkuziyeva hamda tyutorlar tomonidan ijarada yaşayotgan talabalarning turar joylariga taşriflar amalga oşirilib, ularning yaşaş şaroitlari bevosita örganildi.
Örganiş davomida ijara xonadonlarining sanitariya-gigiyena holati, isitiş tizimlarining sozligi, elektr va gaz jihozlaridan xavfsiz foydalaniş, kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik darajasi, yonğin xavfsizligi qoidalariga rioya etilişi hamda favqulodda vaziyatlarning oldini oliş böyiça mavjud şart-şaroitlarga alohida e’tibor qaratildi.
Şuningdek, talabalarning kundalik turmuş tarzi, darslarga tayyorgarlik körişi uçun yaratilgan qulayliklar, yaşaş joylaridagi mavjud maişiy şaroitlar hamda ularni qiynayotgan muammolar yuzasidan suhbatlar taşkil etildi. Örganiş jarayonida talabalarga yonğin va texnika xavfsizligi qoidalariga qat’iy amal qiliş, elektr hamda gaz uskunalaridan ehtiyotkorlik bilan foydalaniş, xonadonlarda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etiş va favqulodda vaziyatlarda töğri harakatlaniş böyiça zarur tuşuntirişlar hamda tavsiyalar berildi.
Mazkur örganiş işlarining asosiy maqsadi — talabalarning xavfsiz va munosib şaroitlarda istiqomat qilişini ta’minlaş, mavjud muammolarni öz vaqtida aniqlaş hamda ularni bartaraf etiş yuzasidan tegişli çoralar körişdan iborat.
ISFT instituti rahbariyati va tyutorlar tomonidan talabalarning ijara xonadonlaridagi yaşaş şaroitlarini muntazam monitoring qiliş, ularning murojaatlarini örganiş hamda ijtimoiy-maişiy masalalarda amaliy kömak körsatiş işlari davom ettiriladi.
06
Döstlar bilan ulaşiş: