
ISFT INSTITUTIDA “RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA SUN’IY INTELLEKTUAL TIZIMLAR” MAVZUSIDA ILMIY SEMINAR BO‘LIB O‘TDI
2025-yil 26-mart kuni ISFT institutida Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi tomonidan navbatdagi ilmiy seminar tashkil etildi. Seminar mavzusi dolzarb va global axborot makonida tobora ahamiyat kasb etib borayotgan “Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektual tizimlar” ga bag‘ishlandi. Mazkur seminar iqtisodiyot fanlari doktori, akademik Saidaxror Saidahmedovich G‘ulomov boshchiligida o‘tkazildi.
Tadbirda iqtisodiyot va raqamli texnologiyalar yo‘nalishida ilmiy izlanish olib borayotgan professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar, magistratura hamda bakalavr bosqichida tahsil olayotgan iqtidorli talabalar faol ishtirok etdilar. Akademik Saidahror G‘ulomov o‘z ma’ruzasida sun’iy intellekt va raqamli transformatsiya jarayonlarining zamonaviy iqtisodiy model va infratuzilmalarga ta’siri, raqamlashtirishning samarali metodologiyasi, hamda sun’iy intellekt asosida iqtisodiy prognozlash imkoniyatlari haqida chuqur tahliliy ma’lumotlar taqdim etdi.
Tadbir yakunida ilmiy va amaliy takliflar bildirilib, qatnashchilar o‘rtasida ochiq muloqot tashkil etildi. Ilmiy seminar institutdagi innovatsion tadqiqotlar va xalqaro ilmiy hamkorlik istiqbollari uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qildi.
26
Do'stlar bilan ulashish: