Untitled-1

ISFT Institutida Mustaqil Tadqiqotchilar Qabuli Bo‘lib O‘tdi

    2025-yil 27-may kuni ISFT Instituti tomonidan navbatdagi izlanuvchilar qabuli muvaffaqiyatli tarzda tashkil etildi. Qabul quyidagi yo'nalishlarda bo'lib o'tdi: 08.07.07 - Moliya, pul muomalasi va kredit; 08.07.08 - Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit; 19.00.04 - Ijtimoiy falsafa; 19.00.05 - Ijtimoy psixologiya. Etnopsixologiya; 19.00.06 - Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi.  

    Qabul jarayoni suhbat shaklida o‘tkazildi. Suhbat davomida ilmiy izlanishlar olib borish istagini bildirgan talabgorlarning ilmiy faoliyatga bo‘lgan munosabati, tanlagan mavzulari bo‘yicha bilim darajasi, metodologik tayyorgarligi, tahliliy fikrlash salohiyati va mustaqil izlanish olib borish qobiliyati sinovdan o‘tkazildi. Har bir nomzod o‘zining ilmiy g‘oyasini asoslab berish va ilmiy izlanish strategiyasini bayon etish orqali suhbat komissiyasi e’tiborini qozonishga harakat qildi.

   Suhbat natijalari bo‘yicha yuqori natija ko‘rsatgan izlanuvchilar ISFT instituti huzuridagi mustaqil tadqiqotchilar safiga qabul qilindi. Endilikda ular o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy tadqiqot olib borish, dissertatsiya loyihalari ustida ishlash va ilg‘or ilmiy metodlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Shuningdek, institut tomonidan yaratilgan ilmiy-metodik baza, tajribali ilmiy rahbarlar bilan hamkorlik va ilmiy seminarlar orqali ularning ilmiy salohiyatini yanada rivojlantirish ko‘zda tutilgan.

    Ushbu qabul ISFT institutining ilmiy-tadqiqot faoliyatini yanada rivojlantirish, yosh va iste’dodli izlanuvchilarni qo‘llab-quvvatlash, hamda milliy va xalqaro miqyosda raqobatbardosh ilmiy kadrlar tayyorlashga bo‘lgan intilishini yaqqol namoyon etdi.

27

May2025

Do'stlar bilan ulashish:

So'ngi yangiliklar

Universitetlararo xakaton: Auditoriyadan tashqarida amaliy ta’limni rivojlantirish

07

May2026
ISFT jamoasi “Munozara” respublika turniri saralash bosqichida oʻz mahoratlarini namoyish etdilar

07

May2026
ISFT instituti Kengashining navbatdagi yig‘ilishi: strategik vazifalar, ta’lim sifati va ilmiy yutuqlar e’tirofi

01

May2026
“Ekofaol yoshlar” loyihasi doirasida ekologik aksiya o‘tkazildi

25

Aprel2026
ISFT institutida BRM oyligi doirasidagi navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tadi

20

Aprel2026