ЦВЦЦВ

Kengaytirilgan kafedra muhokamalari bo‘lib o‘tdi: Ijtimoiy falsafa yo‘nalishidagi ikki muhim dissertatsiya tahlil qilindi

Norov Shaymardon Omonovich tomonidan tayyorlangan “Migratsiyaning ijtimoiy ong oʻzgarishiga ta’siri va uning etnomadaniy xususiyatlari” mavzusidagi falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi muhokama etildi. Tadbir davomida ilmiy rahbar Xidirov Mustafo Toyirqulovich (falsafa fanlari doktori (PhD), dotsent) tomonidan olib borilgan ilmiy rahbarlik yondashuvlari, shuningdek, taqrizchilar – Ruziyeva Ruhsora Xodiyevna (falsafa fanlari doktori, professor) va Kadirova Dilbar Solihovna (falsafa fanlari nomzodi, professor) tomonidan bildirilgan ilmiy mulohazalar tinglandi. Dissertatsiyada migratsiya jarayonlarining ijtimoiy ong va etnomadaniy o‘zgarishlarga ta’siri tahlil qilindi, mavzuning dolzarbligi ishtirokchilar tomonidan alohida ta’kidlandi.

Shundan so‘ng, Hamroev Nusrat Ixtiyorovich tomonidan tayyorlangan “Muhammad Abdo ijtimoiy-falsafiy va diniy-axloqiy qarashlarining XX asr arab falsafasi rivojidagi o‘rni” mavzusidagi dissertatsiya muhokamasi o‘tkazildi. Ilmiy rahbar sifatida Xolmo‘minov Ja’far Muxammadievich (falsafa fanlari doktori (DSc), professor) faol ishtirok etdi. Taqrizchilar – Muhammadjon Qodirov (falsafa fanlari nomzodi, professor) va Djo‘rayev Anvar Muxamadiyevich (falsafa fanlari nomzodi, dotsent) o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar. Muhokama jarayonida Muhammad Abdoning XX asr arab falsafasidagi o‘rni, uning ijtimoiy va diniy qarashlari muhim manbalar asosida yoritilgani qayd etildi.

Ikkala ilmiy muhokama ham yuqori saviyada, ilmiy mezonlarga asoslangan holda o‘tkazildi. Dissertatsiyalar kengaytirilgan kafedra yig‘ilishi tomonidan himoyaga tavsiya etildi.

Do'stlar bilan ulashish:

So'ngi yangiliklar

ISFT institutida magistrlik dissertatsiyalari himoyasi bo‘lib o‘tdi

26

Iyun2026
ISFT ilk bor Times Higher Education Impact Ratings reytingidan o‘rin oldi

24

Iyun2026
ISFT instituti Kengashining navbatdagi yig‘ilishi: strategik vazifalar, ta’lim sifati va ilmiy yutuqlar e’tirofi

01

May2026
“Ekofaol yoshlar” loyihasi doirasida ekologik aksiya o‘tkazildi

25

Aprel2026
ISFT institutida BRM oyligi doirasidagi navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tadi

20

Aprel2026