Sayt test rejimida ishlamoqda
1

"Adiblar xiyobonida"

14-may kuni "Adiblar xiyobonida" o'zbek adabiyotining mashhur namoyondalaridan biri G'afur G'ulom hayoti va ijodiga oid ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.


Tadbirda institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori, bo‘lim boshliqlari, professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlari ishtirok etdi.

Tadbirda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Z.Norquziyeva   G‘.G‘ulomning hayoti va ijodi yuzasidan ma’lumotlar berib o‘tdi.

Ushbu tadbirda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoir Bobur Bobomurod ham ishtirok etib, G‘afur G‘ulorning ijodiga qisqacha to‘xtalib, o‘zining ijod namunalaridan o‘qib barchani xushnud etdi.

  Shuningdek, talabalarning bilim va zehnlarini sinovdan o‘tkazish maqsadida G‘.G‘ulomning ijodiga oid savollardan iborat viktorina o‘tkazildi.
Talabalar tomonidan kuy va qo‘shiqlar ijro etildi. Talabalar ishtirokida tashkil etilgan “Arqon toritish” milliy o‘yinlari barchaga yaxshi kayfiyat ulashdi. 

18

Sentabr2024

Do'stlar bilan ulashish:

So'ngi yangiliklar

"ISFT" instituti 3-sonli ilmiy-uslubiy jurnali nashr qilindi

21

Oktabr2024
ISFTda magistratura talabalari o‘qishni boshladi!

10

Oktabr2024
“Moliyaviy xavfsizlik” yo‘nalishi bo‘yicha IV Xalqaro talabalar olimpiadasi

08

Oktabr2024
ISFT Instituti tomonidan tashkil etilgan daraxt ekish tadbiri 7-aprelda muvaffaqiyatli o'tkazildi.

20

Sentabr2024
"Biznes-inkubator" loyihasi doirasida, "Hayit" bayramiga bag'ishlangan yarmarka

10

Sentabr2024