1

"ISFT" instituti 3-sonli ilmiy-uslubiy jurnali nashr qilindi

“ISFT” instituti ilmiy-uslubiy jurnalining navbatdagi 3-soni nashr qilindi. Ushbu sondan respublikamizning yetakchi olimlari va institumiz tadqiqotchilarining iqtisodiyot, pedagogika, filologiya, aniq fanlar, tarix va huquq mavzularidagi maqolalari o‘rin olgan. Mazkur sonda iqtisodiyot fanlari doktori, professor Farida Xamidovaning hudud va korxonalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda iqtisodiy xavfsizlikni taʼminlashning ahamiyati, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Mansur Eshovning kompaniyalarda korporativ boshqaruv tizimi sifatini oshirish uslubiyatini takomillashtirishga bag‘ishlangan maqolalari, tarix fanlari doktori Feruz Boboyevning yaqin o‘tmishimizning qora sahifalari yoritilgan maqolasi, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Charos Abdullayevaning reklama diskursida lingvistik ijodkorlikning sotsiolingvistik omillari tahlil qilingan maqolasi va boshqa qiziqarli mavzulardagi maqolalarni mutolaa qilishingiz mumkin. Shuningdek, ushbu sondan boshlab iqtidorli talabalar va magistrantlar uchun maxsus “Talaba minbari” ruknini tashkil etganimizni ma’lum qilamiz. Mazkur ruknda institumizning iqtidorli talabasi Sevinch Nuriddinovaning kompaniya muvaffaqiyatida ichki auditning ahamiyati asoslab berilgan tadqiqoti o‘rin olgan.

Jurnal tahririyati institut jamoasi va keng kitobxonlar ommasini jurnalimizning navbatdagi soni bilan yaqindan tanishishga taklif qiladi. Jurnal to‘liq shaklda isft-ilm.uz manzili orqali mutolaa qilishingiz mumkin.

21

Oktabr2024

Do'stlar bilan ulashish:

So'ngi yangiliklar

ISFT institutida doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka qabul bo‘yicha imtihon va suhbatlar o‘tkaziladi

28

Oktabr2026
ISFT institutida Ilmiy-uslubiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

17

Oktabr2026
ISFT institutida “Jaholatga qarshi ma’rifat” loyihasi doirasida davra suhbati o‘tkazildi

15

Oktabr2026
​ISFT institutida «Ma’rifat ulashib» loyihasi doirasida taniqli ijodkorlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.

14

Oktabr2026
Xorijiy tillar fan olimpiadasi g‘oliblari aniqlandi

08

Oktabr2026