“Moliyaviy xavfsizlik” yo‘nalishi bo‘yicha IV Xalqaro talabalar olimpiadasi
Joriy yilning 29-sentyabr 4 oktyabr kunlari Sochi shahridagi "Sirius" ta’lim markazida “Moliyaviy xavfsizlik” yo‘nalishi bo‘yicha IV Xalqaro talabalar olimpiadasi bo‘lib o‘tdi. Unda 36 davlatdan, jumladan, O‘zbekistondan ham talabalar ishtirok etdi.
Xalqaro talabalar olimpiadasining asosiy maqsadi:
- Yoshlarning iqtisodiy, moliyaviy, huquqiy va axborotlar bo‘yicha savodxonligini oshirish va yangicha fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish;
- Moliyaviy xavfsizlik sohasida yuqori bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lgan iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularni qo‘llab-quvvatlash;
- Moliyaviy xavfsizlik sohasida yoshlarni ish bilan ta’minlash va kasbiy o‘sish yo‘nalishlarini aniqlashda amaliy ko‘maklar berish;
- Yoshlarning moliyaviy xavfsizlik sohasidagi qiziqishlari va ijodiy faolliklarini oshirish;
- Moliyaviy xavfsizlik yo‘nalishida iqtidorli yoshlarning ilmiy tadqiqot faoliyatlarini ommalashtirish va qo‘llab-quvvatlashdan iboratdir.
Xalqaro olimpiada jahon miqyosida to‘rtinchi bor tashkil etilayotgan bo‘lib, tashkilotchilar Rossiya Federatsiyasi fan va oliy ta’lim vazirligi, Moliyaviy monitoring bo‘yicha Federal xizmat (ROSFINMONITORING), Moliyaviy monitoring bo‘yicha Xalqaro o‘quv-uslubiy markaz (MUMSFM) hisoblanadi.
Xalqaro olimpiadada Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha Yevroosiyo guruhi (EAG)ga a’zo bo‘lgan: Rossiya, Belorussiya, O‘zbekiston, Tojikiston, Qozog‘iston, Turkmaniston, Qirg‘iziston va BRIKS ga a’zo davlatlar: Hindiston, Xitoy, Braziliya, Afrika va boshqa mamlakatlardan, shuningdek Xalqaro tarmoq istituti (MSI)ga a’zo bo‘lgan 50 dan ortiq Oliy ta’lim muassasa vakillaridan 600 nafar talabalar ishtirok etdi.
ISFT institutidan ekspert-nazoratchi sifatida: — ilmiy va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Azizov Tuxtamish Azamovich; — magistratura bo‘limi rahbari Xamidova Faridaxon Abdulkarim qizi; — institut professori Isroilov Baxodir Ibragimovichlar ishtirok etishdi.
Xalqaro talabalar olimpiadasi doirasida ko‘plab master – klass, diskussiya, loyihaviy ishlar tadqimotlari, sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi.
Xalqaro olimpiada doirasida Xalqaro tarmoq instituti Kengashining 21-yig‘ilishi ham bo‘lib o‘tdi. Kengashda Xalqaro tarmoq institutiga a’zo Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy tadqiqot sohasida amalga oshirilayotgan vazifalar muhokama qilindi. Shu bilan birgalikda Olimpiada harakatini rivojlantirishga qo‘shgan alohida hissalari uchun delegatsiyaning bir qator vakillari faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.
08
Do'stlar bilan ulashish: