1

ISFT Instituti talabalar ‘Mobility Exchange’ dasturi orqali global ta’lim hamkorligini mustahkamladi

ISFT instituti 2025–2026 o‘quv yilida Turkiyaning Istanbul Aydin universiteti bilan hamkorlikda talabalar mobility exchange dasturini muvaffaqiyatli amalga oshirdi. Ushbu dastur doirasida ISFT magistrantlari Zebo Qadamboyeva va Munisa Asraeva bir semestr davomida xalqaro akademik almashinuvda qatnashib, zamonaviy ta’lim texnologiyalari asosida global akademik muhitda ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Mazkur tashabbus ISFT institutining xalqaro hamkorlikni kengaytirish va talabalar uchun sifatli ta’lim imkoniyatlarini yaratish borasidagi strategik maqsadlariga mos keladi.

Dastur tanishtiruv haftaligi bilan boshlanib, talabalar universitetning akademik tizimi, infratuzilmasi va raqamli platformalari bilan tanishtirildi. Magistratura darajasidagi darslar 2025 yil oktyabr oyida boshlanib, taxminan 16 hafta davom etdi. Talabalar YUBIS raqamli platformasi orqali o‘quv jadvali, fanlar va akademik jarayonlarni samarali boshqardilar. Almashinuv dasturida 60 dan ortiq xalqaro talabalar va 10 dan ortiq davlat vakillari ishtirok etib, madaniyatlararo hamkorlik va bilim almashinuvi uchun keng imkoniyat yaratildi. 18 oktyabr kuni o‘tkazilgan International Cuisine Day — Xalqaro milliy taomlar kunida talabalar o‘z milliy madaniyatlari va an’analarini namoyish etdilar. O‘zbekistonlik talabalar ham faol qatnashib, milliy qadriyatlarni targ‘ib qildilar va madaniyatlararo muloqotni mustahkamlashga hissa qo‘shdilar.

Mazkur ‘mobility exchange’ dasturi BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari — SDG 4: Sifatli ta’lim, SDG 10: Tengsizliklarni kamaytirish va SDG 17: Maqsadlar yo‘lida hamkorlikni qo‘llab-quvvatlaydi. ISFT instituti xalqaro hamkorlikni rivojlantirish orqali talabalar uchun inklyuziv, sifatli va global ta’lim imkoniyatlarini kengaytirishni davom ettiradi.

16

Fevral2026

Do'stlar bilan ulashish:

So'ngi yangiliklar

International School of Finance Technology and Science institutida mustaqil izlanuvchilikka talabgorlar uchun kirish suhbati o‘tkazildi

19

Fevral2026
Mustaqil izlanuvchilikka talabgorlar diqqatiga!

16

Fevral2026
ISFT INSTITUTIDA MAGISTRATURA TALABALARI UCHUN YAKUNIY IMTIHONLAR BO‘LIB O‘TDI

13

Fevral2026
Abdurahmonova Munisa Abdurahim qizi

09

Fevral2026
Abdurahmonova Movluda Ismoilovna

09

Fevral2026