photo-collage.png

International School of Finance Technology and Science institutida mustaqil izlanuvchilikka talabgorlar uchun kirish suhbati o‘tkazildi

International School of Finance Technology and Science (ISFT) institutida mustaqil izlanuvchilik asosida ilmiy faoliyat olib borish istagini bildirgan talabgorlar uchun kirish imtihon suhbati tashkil etildi. Mazkur tadbir institutda ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, yuqori malakali ilmiy kadrlar zaxirasini shakllantirish hamda mustaqil tadqiqotchilar safini kengaytirish maqsadida o‘tkazildi.

Tanlov jarayonida quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha talabgorlar suhbatdan o‘tkazildi:
— 08.00.07 — Moliya, pul muomalasi va kredit;
— 08.00.08 — Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit;
— 09.00.04 — Ijtimoiy falsafa;
— 19.00.05 — Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya;
— 19.00.06 — Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi.

Suhbat davomida talabgorlarning tanlangan mutaxassislik bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlari, ilmiy-tadqiqot metodologiyasini egallaganlik darajasi, innovatsion yondashuvi hamda ilmiy salohiyati atroflicha baholandi.

Shuningdek, nomzodlarning ilmiy izlanishlar olib borish qobiliyati, tadqiqot mavzularining dolzarbligi, ularning ilmiy va amaliy ahamiyati, shuningdek, mustaqil ilmiy fikrlash ko‘nikmalari mutaxassislar tomonidan tahlil qilindi.

Mazkur kirish imtihon suhbati mustaqil izlanuvchilikka eng munosib nomzodlarni aniqlash va saralab olishda muhim ahamiyat kasb etdi.

19

Fevral2026

Do'stlar bilan ulashish:

So'ngi yangiliklar

2027-YIL UCHUN DOKTORANTURA, TAYANCH DOKTORANTURA VA MUSTAQIL IZLANUVCHILIKKA QABUL E’LON QILINADI

15

Avgust2026
ISFT talabalari va yosh tadqiqotchilari diqqatiga! “President Tech Award 2026” hamda “President AI Award 2026” tanlovlariga arizalar qabuli boshlandi

08

Avgust2026
ISFT instituti talabalari Prezident va nomli davlat stipendiyalariga tavsiya etildi

30

Iyul2026
ISFT instituti ochiq tanlov e’lon qiladi!

20

Iyul2026
ISFT institutida magistrlik dissertatsiyalari himoyasi bo‘lib o‘tdi

26

Iyun2026