
Davlat stipendiyalari g‘oliblari aniqlandi!
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2025/2026-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat bosqichi talabalari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda nomli davlat stipendiyalarini tayinlash to‘g‘risida tegishli buyruq qabul qilindi.
Mazkur buyruqqa muvofiq, institutimizning ikki nafar talabasi eng nufuzli davlat stipendiyalariga munosib deb topildi.
Jumladan, 4-kurs talabasi Abduraxmanova Movluda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi, 3-kurs talabasi Abdurahmonova Munisa esa Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi sohibasi bo‘ldi.
Institut jamoasi stipendiya g‘oliblarini ushbu yuksak yutuq bilan samimiy qutlab, ularning kelgusidagi o‘qish va kasbiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.
02
Do'stlar bilan ulashish:
Boshqa konferensiyalar

“Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida talaba-yoshlar faolligini oshirishning ilmiy va innovatsion tendensiyalari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani, 2025-yil 27-noyabr.

“Yangi Oʻzbekistonda biznesni rivojlantirishning dolzarb masalalari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani, 2025-yil 28-oktyabr.

“Tillarni o'qitish va madaniyatlararo aloqalarda innovatsiyalarni qo'llashning ahamiyati” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman, 2025-yil 16-may

“Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda fan va texnologiyalarning zamonaviy tendensiyalari hamda istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumani 2025-yil 24-25 aprel

Oʻzbekistonda yashil buxgalteriya hisobi: barqarorlik va moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari

"Ijtimoiy-gumanitar va tabiiy fanlardagi an’anaviy va zamonaviy yondashuvlar dialektikasi"

Raqamli transformatsiya: biznes boshqaruvida yangi imkoniyatlar va zamonaviy tendensiyalar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman

Yangi Oʻzbekiston istiqbollari: iqtisodiyot, taʼlim, menejment va biznes” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

