Purple White Orange Modern Geometric Digital Marketing Training Banner

"Ijtimoiy-gumanitar va tabiiy fanlardagi an’anaviy va zamonaviy yondashuvlar dialektikasi"

"Ijtimoiy-gumanitar va tabiiy fanlardagi an’anaviy va zamonaviy yondashuvlar dialektikasi" xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi!
 

2025-yil 20-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sifatini rivojlantirish va innovatsion pedagogik yondashuvlarni joriy etish doirasida “International School of Finance Technology and Science” instituti Gumanitar va tabiiy fanlar kafedrasi tomonidan xalqaro miqyosdagi "Ijtimoiy-gumanitar va tabiiy fanlardagi an’anaviy va zamonaviy yondashuvlar dialektikasi" mavzusidagi ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.
 

Mazkur anjuman oliy ta’lim muassasalarida ilg‘or ta’lim texnologiyalarini tatbiq etish, o‘qituvchilarning malakasini oshirish hamda ijtimoiy-gumanitar va tabiiy fanlarning rivojiga ilmiy yondashuvlarni chuqur o‘rganish maqsadida tashkil etildi. Anjumanda pedagogika, psixologiya, falsafa, sotsiologiya, tarix, tabiiy fanlar, filologiya va tillarni o‘qitish, mediasavodxonlik kabi yo‘nalishlar bo‘yicha dolzarb muammolar muhokama qilindi.
 

Tadbir materiallari bo‘yicha ilmiy maqolalar elektron to‘plam shaklida nashr etildi. Konferensiyada ishtirok etgan mutaxassislar o‘z ilmiy ishlari bilan ta’lim jarayonining rivojiga hissa qo‘shdilar.

27

Fevral2025

Do'stlar bilan ulashish:

So'ngi yangiliklar

ISFT institutida doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka qabul bo‘yicha imtihon va suhbatlar o‘tkaziladi

28

Oktabr2026
ISFT institutida Ilmiy-uslubiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

17

Oktabr2026
ISFT institutida “Jaholatga qarshi ma’rifat” loyihasi doirasida davra suhbati o‘tkazildi

15

Oktabr2026
​ISFT institutida «Ma’rifat ulashib» loyihasi doirasida taniqli ijodkorlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.

14

Oktabr2026
Xorijiy tillar fan olimpiadasi g‘oliblari aniqlandi

08

Oktabr2026