
Navbatdagi g‘alaba: 'ISFT" talabalari g‘alabalar seriyasini davom ettiradi!
ISFT institutining Jump Rope terma jamoasi 2026-yil 1-fevral kuni Jump Rope sport turi bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida yuqori natijalarga erishdi.
Jamoa umumiy hisobda 9 ta 1-o‘rin, 4 ta 2-o‘rin, 1 ta 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Juftlik final bahslarida ISFT instituti jamoasi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bilan kechgan bahslarda o‘g‘il-qiz jamoasi hamda 2 o‘g‘il jamoasi toifalarida mutloq g‘alaba qozondi.
Natijada, ISFT Jump Rope terma jamoasi “O‘zbekiston chempioni” unvonini qo‘lga kiritdi. Chempionatdagi yutuqlar munosabati bilan 3 nafar chempion va murabbiyga chet el sayohatlari uchun ViaNova tomonidan 20 foizlik viza kartalari topshirildi. Mazkur rag‘batlantirish sportchilarning faolligini oshirish, kelgusidagi musobaqalarga tayyorgarlikni kuchaytirish va institutda sportni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. Jamoamizga kelgusida ham ulkan zafarlar tilaymiz! Galaba muborak!
03
Do'stlar bilan ulashish:
Boshqa konferensiyalar

“Yangi O‘zbekistonda tarmoqlararo integratsiyalashuv samaradorligini oshirish asosida barqaror iqtisodiy o‘sishga erishishning dolzarb masalalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

“Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida talaba-yoshlar faolligini oshirishning ilmiy va innovatsion tendensiyalari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani, 2025-yil 27-noyabr.

“Yangi Oʻzbekistonda biznesni rivojlantirishning dolzarb masalalari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani, 2025-yil 28-oktyabr.

“Tillarni o'qitish va madaniyatlararo aloqalarda innovatsiyalarni qo'llashning ahamiyati” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman, 2025-yil 16-may

“Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda fan va texnologiyalarning zamonaviy tendensiyalari hamda istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumani 2025-yil 24-25 aprel

Oʻzbekistonda yashil buxgalteriya hisobi: barqarorlik va moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari

"Ijtimoiy-gumanitar va tabiiy fanlardagi an’anaviy va zamonaviy yondashuvlar dialektikasi"

Raqamli transformatsiya: biznes boshqaruvida yangi imkoniyatlar va zamonaviy tendensiyalar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman

