
ISFT instituti talabalari Prezident va nomli davlat stipendiyalariga tavsiya etildi
2026-yil 29-iyul kuni ISFT institutida iqtidorli, bilimli, ilmiy va ijodiy salohiyatga ega talabalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning erishgan yutuqlarini munosib rag‘batlantirish hamda Prezident va nomli davlat stipendiyalariga saralash jarayonlari o‘tkazildi.
Institut rektorining tegishli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Tanlov komissiyasi tomonidan “ISFT institutida iqtidorli talabalar tanlovini o‘tkazish TARTIBI” asosida 2026/2027 o‘quv yili uchun nomli davlat stipendiyalariga talabgor talabalar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar belgilangan mezonlar asosida batafsil o‘rganib chiqildi.
Tanlov jarayonida talabgorlarning o‘quv faoliyatidagi natijalari, fanlarni o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari, ilmiy-tadqiqot va ijodiy faoliyati, ilmiy maqola va tezislari, konferensiya hamda tanlovlardagi ishtiroki, erishgan yutuqlari va boshqa tegishli ko‘rsatkichlari inobatga olindi. Taqdim etilgan hujjatlarning belgilangan talablarga muvofiqligi Tanlov komissiyasi a’zolari tomonidan ko‘rib chiqilib, talabga javob beradigan nomzodlar keyingi bosqich uchun saralab olindi.
Saralashdan muvaffaqiyatli o‘tgan talabalar bilan Tanlov komissiyasi tomonidan og‘zaki suhbat tashkil etildi. Suhbat davomida nomzodlarning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha bilim va dunyoqarashi, ilmiy faoliyati, erishgan natijalari, kelgusidagi maqsad va rejalari hamda o‘z fikrini asosli va erkin bayon eta olish ko‘nikmalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tanlov yakunlari bo‘yicha hujjatlarni baholash va og‘zaki suhbat natijalari umumlashtirilib, har bir talabgorning yakuniy natijasi Tanlov komissiyasi tomonidan muhokama qilindi.
Komissiya xulosasiga ko‘ra, eng yuqori ball to‘plagan hamda og‘zaki suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan talabalar 2026/2027 o‘quv yili uchun quyidagi davlat stipendiyalariga tavsiya etildi:
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi;
- Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi;
- Alisher Navoiy nomli davlat stipendiyasi.
Tanlov komissiyasining tegishli qaroriga asosan ushbu stipendiyalarga tavsiya etilgan nomzodlarning hujjatlarini belgilangan tartibda respublika bosqichiga taqdim etish tasdiqlandi.
Mazkur jarayon ISFT institutida iqtidorli talabalarni aniqlash, ularning ilmiy va ijodiy salohiyatini yanada rivojlantirish, tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda mamlakat miqyosidagi nufuzli davlat stipendiyalarini qo‘lga kiritishlari uchun zarur imkoniyatlarni yaratishga qaratilgan.
ISFT instituti jamoasi nomli davlat stipendiyalariga tavsiya etilgan talabalarimizga respublika bosqichida muvaffaqiyat tilaydi hamda ularning kelgusidagi ilmiy, ijodiy va kasbiy faoliyatida ulkan zafarlar tilab qoladi.
30
Do'stlar bilan ulashish:
Boshqa konferensiyalar

“Ilm-fan taraqqiyotining yangi paradigmalar: til va madaniyat integratsiyasi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman, 2026-yil 22-may.

“O‘zbekistonning yashil iqtisodiyoti: barqarorlik hisoboti, biznes strategiyalar va menejment transformatsiyasi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman, 2026-yil 24-aprel.

“Yangi O‘zbekistonda tarmoqlararo integratsiyalashuv samaradorligini oshirish asosida barqaror iqtisodiy o‘sishga erishishning dolzarb masalalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

“Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida talaba-yoshlar faolligini oshirishning ilmiy va innovatsion tendensiyalari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani, 2025-yil 27-noyabr.

“Yangi Oʻzbekistonda biznesni rivojlantirishning dolzarb masalalari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani, 2025-yil 28-oktyabr.

“Tillarni o'qitish va madaniyatlararo aloqalarda innovatsiyalarni qo'llashning ahamiyati” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman, 2025-yil 16-may

“Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda fan va texnologiyalarning zamonaviy tendensiyalari hamda istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumani 2025-yil 24-25 aprel

Oʻzbekistonda yashil buxgalteriya hisobi: barqarorlik va moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari

