
ISFT institutida ilmiy faoliyat va kelgusi yil rejalari muhokama qilindi
2026-yil 11-noyabr kuni ISFT institutida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor T. Azizov hamda institut kafedra mudirlari ishtirokida ilmiy faoliyatga oid dolzarb masalalar yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida institutda joriy yil davomida amalga oshirilgan ilmiy ishlar, ilmiy konferensiya va anjumanlarni tashkil etish, professor-o‘qituvchilarning ilmiy faolligini oshirish hamda kafedralarning ilmiy salohiyatini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, 2027-yil uchun ilmiy faoliyat istiqbollari, xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy anjumanlarni tashkil etish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish hamda yangi ilmiy tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha rejalar yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida institut ilmiy faoliyatini yanada takomillashtirish, ilmiy natijadorlikni oshirish va kelgusi yil uchun belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
13
Do'stlar bilan ulashish:
Boshqa konferensiyalar

“Oliy ta’limda muayyan maqsadga qaratilgan ingliz tili o‘qitishning dolzarb masalalari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya 2026-yil 30-oktabr

“Ilm-fan taraqqiyotining yangi paradigmalar: til va madaniyat integratsiyasi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman, 2026-yil 22-may.

“O‘zbekistonning yashil iqtisodiyoti: barqarorlik hisoboti, biznes strategiyalar va menejment transformatsiyasi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman, 2026-yil 24-aprel.

“Yangi O‘zbekistonda tarmoqlararo integratsiyalashuv samaradorligini oshirish asosida barqaror iqtisodiy o‘sishga erishishning dolzarb masalalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

“Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida talaba-yoshlar faolligini oshirishning ilmiy va innovatsion tendensiyalari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani, 2025-yil 27-noyabr.

“Yangi Oʻzbekistonda biznesni rivojlantirishning dolzarb masalalari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani, 2025-yil 28-oktyabr.

“Tillarni o'qitish va madaniyatlararo aloqalarda innovatsiyalarni qo'llashning ahamiyati” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman, 2025-yil 16-may

“Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda fan va texnologiyalarning zamonaviy tendensiyalari hamda istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumani 2025-yil 24-25 aprel

