
ISFTda magistrlik dissertatsiyalari holati bo‘yicha monitoring o‘tkazildi
2026-yil 20 va 27-yanvar kunlari ISFT Magistratura bo‘limi tomonidan kafedra mudirlari hamda magistrantlarning ilmiy rahbarlari ishtirokida magistrlik dissertatsiya ishlarining joriy holatini o‘rganishga qaratilgan monitoring tadbirlari tashkil etildi.
Monitoring jarayonida magistrantlar tomonidan magistrlik dissertatsiyasi mavzulari doirasida nashr etilgan ilmiy maqolalar va tezislar tizimli ravishda ko‘zdan kechirildi. Dissertatsiya ishlarining mazmuniy yaxlitligi, ilmiy yangiligi, tanlangan mavzularning dolzarbligi hamda amaldagi ilmiy-metodik va normativ talablarga muvofiqligi tahlil qilindi.
Shuningdek, dissertatsiya ishlarini rasmiylashtirish, manbalar bilan ishlash, ilmiy iqtiboslar berish tartibi hamda akademik yozuv madaniyatiga rioya etish masalalari bo‘yicha uslubiy tavsiyalar berildi. Ilmiy rahbarlar tomonidan magistrantlarning tadqiqot faoliyatini takomillashtirish, dissertatsiya ishlarining sifat ko‘rsatkichlarini oshirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar bildirildi.
Mazkur monitoring tadbirlari magistrantlarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tizimli tashkil etish, dissertatsiya ishlarini belgilangan talablarga muvofiq tayyorlash hamda ularning yakuniy himoyaga tayyorgarlik darajasini oshirishga xizmat qiladi.
27
Do'stlar bilan ulashish: