1

Yilning eng yaxshi nodavlat oliy ta’lim muassasasi!

2024-yil 21-dekabr kuni Toshkent shahridagi “Turkiston” san’at saroyida bo‘lib o‘tgan “Science and Innovation Awards-2024” taqdirlash marosimida institutimiz - ISFT (International School of Finance, Technology and Science) nufuzli tanlovning “Yilning eng yaxshi nodavlat oliy ta’lim muassasasi” nominatsiyasi bo‘yicha finalchi sifatida diplom bilan taqdirlandi.

Ushbu mukofot institutimizning ilm-fan, ta’lim sohalaridagi yangiliklarga, talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlarga va innovatsion yondashuvlarga bo‘lgan e’tiborining yorqin dalilidir. Tanlovda mamlakatning eng yaxshi nodavlat oliy ta’lim muassasalari o‘zaro raqobat qildi va finalga yetib kelish institutimizning yuqori sifatli ta’limga sodiqligini yana bir bor tasdiqladi.

Mazkur e’tirof bizni ta’lim sifatini yanada oshirishga va yangi marralarni zabt etishga undaydi. Ushbu muvaffaqiyat institutimiz jamoasi, professor-o‘qituvchilarimiz va talabalarimizning fidoyiligi va sa’y-harakatlari natijasidir.

Institutimiz jamoasi ushbu yutuq bilan barcha talabalarimizni, o‘qituvchilarimizni va qo‘llab-quvvatlagan barcha hamkorlarimizni tabriklaydi. Kelajakda yanada ulkan zafarlarni qo‘lga kiritish yo‘lida birgalikda harakat qilishda davom etamiz!

23

Dekabr2024

Do'stlar bilan ulashish:

So'ngi yangiliklar

ISFT institutida Aprel — Barqaror rivojlanish maqsadlari oyligi boshlandi.

02

Aprel2026
ISFT institutida mustaqil izlanuvchilar faoliyati monitoringi o‘tkazildi

01

Aprel2026
Mustaqil izlanuvchilar uchun ilmiy monitoring ishlari amalga oshiriladi

26

Mart2026
ISFT institutida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tadi

24

Mart2026
ILMIY SEMINAR

22

Mart2026