IMAGE 2026-04-06 10_31_11

ISFT institutida Aprel — Barqaror rivojlanish maqsadlari oyligi boshlandi.

“Bir sayyora, bir maqsad!” shiori ostida ISFT institutida Barqaror rivojlanish maqsadlariga (SDG) bag‘ishlangan Aprel oyligi rasman start oldi. Mazkur tashabbus talaba va professor-o‘qituvchilar o‘rtasida barqaror rivojlanish tamoyillari bo‘yicha bilim va xabardorlikni oshirishga qaratilgan.

8-aprel kuni soat 10:00–11:30 oralig‘ida ISFT kutubxonasida tashkil etiladigan navbatdagi ma’ruza doirasida Green University vakili, ilmiy innovatsion loyihalarni tijoratlashtirish bo‘limi bosh mutaxassisi va ORGANIC LIVING brendi asoschisi Pulatova Oydin ishtirok etadi. Ma’ruza davomida spiker barqaror iste’mol va ishlab chiqarish (SDG 12) tamoyillarini amaliy misollar asosida yoritib, ekologik ongni shakllantirish va yashil turmush tarzini rivojlantirish bo‘yicha o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashadi.

Mazkur tadbir orqali ishtirokchilarga barqarorlikka oid zamonaviy yondashuvlar, kundalik hayotda ekologik mas’uliyatni oshirish usullari va yashil tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari haqida tushunchalar beriladi. Tadbir ISFT institutining SDG 12 — mas’uliyatli iste’mol va ishlab chiqarish hamda SDG 4 — sifatli ta’lim yo‘nalishidagi ustuvor vazifalariga xizmat qiladi.

Sana va manzil:

2026-yil 8-aprel, soat 10:00

ISFT instituti asosiy bino, Kutubxona

Barcha qiziquvchilarni faol ishtirok etishga chorlab qolamiz.

02

Aprel2026

Do'stlar bilan ulashish:

So'ngi yangiliklar

“Ekofaol yoshlar” loyihasi doirasida ekologik aksiya o‘tkazildi

25

Aprel2026
ISFT institutida BRM oyligi doirasidagi navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tadi

20

Aprel2026
Ilmiy seminar: islohotlar va istiqbollar muhokama markazida

20

Aprel2026
Xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazalaridan samarali foydalanish mavzusida ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi

17

Aprel2026
ISFT institutida Ilmiy-uslubiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

16

Aprel2026