
ILMIY SEMINAR
Hurmatli talabalar va doktorantlar!
Sizlarni 2026-yil 26-mart kuni Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi hamda Biznes boshqaruv kafedrasi hamkorligida tashkil etilayotgan “Generativ sun’iy intellektdan o‘quv jarayonida samarali foydalanish usullari” mavzusidagi ilmiy seminarga taklif etamiz.
Mazkur seminar doirasida generativ sun’iy intellekt texnologiyalarining ta’lim jarayoniga integratsiyasi, o‘qitish samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi innovatsion yondashuvlar, shuningdek, ilmiy-tadqiqot faoliyatida ushbu texnologiyalardan samarali foydalanish imkoniyatlari atroflicha muhokama qilinadi.
Spikerlar:
Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Sun’iy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markazi ekspertlari:
- Sagatov Dilshod
- Nematullayev Jasurbek
- To‘ychiboyev Otabek
Sana va manzil:
2026-yil 26-mart, soat 11:00
ISFT instituti asosiy binosi, Kutubxona
Mazkur ilmiy seminarda barcha qiziquvchilarni faol ishtirok etishga chorlab qolamiz.
22
Do'stlar bilan ulashish: