1

Hamkorlik memorandumi imzolandi

ISFT instituti bilan hamkorlikda "O‘zbekistonda yashil buxgalteriya hisobi: barqarorlik va moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi. Unda partiya rahbarining birinchi o‘rinbosari Baxriddin Xofizov ham o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.

Anjumanda yashil buxgalteriya hisobi va barqaror moliyaviy boshqaruvni rivojlantirish O‘zbekistonning iqtisodiy va ekologik barqarorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi, shuningdek, resurslardan samarali foydalanish, atrof-muhitni muhofaza qilish va ijtimoiy mas’uliyatni oshirishi to‘g‘risida so‘z yuritildi.

Anjuman doirasida O‘zbekiston Ekologik partiyasi va ISFT instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi ham imzolandi. 

Ma'lumot o‘rnida: Yashil buxgalteriya hisobi atrof-muhitga ta’sirni hisobga olgan holda, iqtisodiy faoliyatni samarali va barqaror boshqarishni ta’minlash uchun qo‘llaniladi. Bu uslubda kompaniyalar va tashkilotlar ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy ta’sirlarni moliyaviy hisobotlarda aks ettiradi.

04

Aprel2025

Do'stlar bilan ulashish:

So'ngi yangiliklar

Xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazalaridan samarali foydalanish bo‘yicha seminar

13

Aprel2026
ISFTda Aprel — Barqaror rivojlanish maqsadlari oyligi davom etmoqda.

13

Aprel2026
“El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiyasini qo‘lga kiritmoqchimisiz?

10

Aprel2026
“Ilhom” mukofoti sovrindori bo‘lishni xohlaysizmi?

09

Aprel2026
Turkum fan olimpiadalarining institut bosqichiga start berildi.

06

Aprel2026