photo_2026-04-13_18-04-27

“El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiyasini qo‘lga kiritmoqchimisiz?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Istiqbolli kadrlarni tayyorlash bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi 2026-yil 1-ochiq stipendiya tanlovini e’lon qiladi.

“El-yurt umidi” jamg‘armasi Boshqaruv kengashining tegishli qaroriga muvofiq, nufuzli xorijiy universitetlarda bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlarida ta’lim olish uchun 2026-yil 1-ochiq stipendiya tanlovi e’lon qilinadi.

Jamg‘arma tomonidan 2026/2027-o‘quv yili uchun nufuzli xorijiy universitetlarda ta’lim olish maqsadida jami 500 ta kvota ajratilgan.

Shu jumladan:
bakalavriat uchun 167 ta
magistratura uchun 232 ta
doktorantura uchun 38 ta
Prezident qarorlari ijrosi doirasida qo‘shimcha 63 ta kvota

Hujjatlar maxsus onlayn platforma orqali 2026-yil 3-apreldan 24-aprelga qadar (23:59 gacha) qabul qilinadi.

Murojaatlar uchun: @eyufadmissionbot
Veb-sayt: Eyuf.uz
Batafsil ma’lumot: @elyurtumidifoundation

10

Aprel2026

Do'stlar bilan ulashish:

So'ngi yangiliklar

ISFT institutida magistrlik dissertatsiyalari himoyasi bo‘lib o‘tdi

26

Iyun2026
ISFT ilk bor Times Higher Education Impact Ratings reytingidan o‘rin oldi

24

Iyun2026
ISFT instituti Kengashining navbatdagi yig‘ilishi: strategik vazifalar, ta’lim sifati va ilmiy yutuqlar e’tirofi

01

May2026
“Ekofaol yoshlar” loyihasi doirasida ekologik aksiya o‘tkazildi

25

Aprel2026
ISFT institutida BRM oyligi doirasidagi navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tadi

20

Aprel2026