photo_2026-04-13_17-53-21 copy

“Ilhom” mukofoti sovrindori bo‘lishni xohlaysizmi?

2026-yil 13-aprel kuni ISFT institutida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Vazirlik huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi hamda hamkor tashkilotlar tomonidan “Ilhom” mukofoti (https://lex.uz/docs/-4966474) tanlovi o‘tkaziladi.

 

“Ilhom” mukofoti shoirlar va yozuvchilarning hayoti hamda ijodini o‘rganish, ularning asarlarini tarjima qilish, ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda kino va sahna asarlarini yaratish yo‘nalishlarida eng yuqori natijalarga erishgan yoshlarga beriladi.

 

Tanlov oliy ta’lim muassasalari miqyosida test sinovlari orqali o‘tkaziladigan dastlabki saralash bosqichi hamda respublika miqyosidagi asosiy (ilmiy-ijodiy natijalar va yutuqlar) bosqichlardan iborat.

 

Shoir va yozuvchilar hayoti hamda ijodi asosida kino yoki sahna asarlari yaratgan, adiblar hayoti va ijodi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borgan yoshlarga rektor tavsiyanomasi asosida test sinovlarisiz ishtirok etish imkoniyati beriladi.

 

Tanlov g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan maxsus diplom, statuetka hamda quyidagi miqdordagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
1-o‘rin — BHMning 100 barobari
2-o‘rin — BHMning 80 barobari
3-o‘rin — BHMning 40 barobari

09

Aprel2026

Do'stlar bilan ulashish:

So'ngi yangiliklar

“Ekofaol yoshlar” loyihasi doirasida ekologik aksiya o‘tkazildi

25

Aprel2026
ISFT institutida BRM oyligi doirasidagi navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tadi

20

Aprel2026
Ilmiy seminar: islohotlar va istiqbollar muhokama markazida

20

Aprel2026
Xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazalaridan samarali foydalanish mavzusida ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi

17

Aprel2026
ISFT institutida Ilmiy-uslubiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

16

Aprel2026