1

Ma'rifat ulashib...

ISFT instituti respublikamizning turli sohalardagi yetakchi tashkilotlar bilan hamkorlikni davom ettirmoqda.

 

Shunday hamkorlik natijasi oʻlaroq, Oʻzbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi tomonidan institutimiz kutubxonasiga uyushma tashabbusi bilan chop etilgan 100 dan ortiq nomdagi 500 ta badiiy-maʼrifiy kitob sovgʻa qilindi.

 

Endilikda talabalarimiz  Gyote, Akif Azalp kabi jahon adabiyoti namoyondalari, Oybek, Erkin A'zam, Xurshid Davron, Ajiniyoz, Oʻlmas Umarbekov, Usmon Azim, Iqbol Mirzo, Faxriyor, Isajon Sultonov, Naim Karimov, Sobir Oʻnar, Orziqul Ergash, Humoyun Akbar, Habib Siddiq, Nafas Shodmonov kabi o'zbek yozuvchilarining asarlarini mutolaa qilish  imkoniyatiga ega boʻlishadi.

 

Shuningdek, Guljamol Asqarova, Iroda Zokir qizi, Munavvara Usmonova, Bibigul Adiyeva singari yosh ayol ijodkorlarning ijod namunalari bilan bahramand bo'lish mumkin.

 

Institut rahbariyati maʼnaviyat ulashishda beminnat xizmat qilayotgan uyushma mutasaddilari va institut Ilmiy kotibi Tolib Najmiddinovga bu xayriya uchun oʻz minnatdorchiligini izhor etadi.

19

Noyabr2025

Do'stlar bilan ulashish:

So'ngi yangiliklar

Tarmoqlararo integratsiya – iqtisodiy barqarorlik omili

02

Mart2026
International School of Finance Technology and Science institutida mustaqil izlanuvchilikka talabgorlar uchun kirish suhbati o‘tkazildi

19

Fevral2026
Mustaqil izlanuvchilikka talabgorlar diqqatiga!

16

Fevral2026
ISFT Institutida magistratura talabalari uchun yakuniy imtihonlar bo'lib o'tdi

13

Fevral2026
Abdurahmonova Munisa Abdurahim qizi

09

Fevral2026