
Tarmoqlararo integratsiya – iqtisodiy barqarorlik omili
27-fevral kuni ISFT institutida “Yangi O‘zbekistonda tarmoqlararo integratsiyalashuv samaradorligini oshirish asosida barqaror iqtisodiy o‘sishga erishishning dolzarb masalalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Mazkur anjuman O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 16-yanvardagi 11-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash, shuningdek, ilmiy va amaliy sohalar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.
Konferensiya iqtisodiyot tarmoqlari — sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalari o‘rtasidagi integratsiyani kuchaytirish masalalariga bag‘ishlandi. Ma’ruzachilar tomonidan barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashning ilmiy-nazariy asoslari hamda amaliy mexanizmlari chuqur tahlil qilindi. Xususan, raqamli texnologiyalarni ishlab chiqarish jarayonlariga joriy etish orqali xarajatlarni optimallashtirish va samaradorlikni oshirish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.
Gibrid (onlayn va oflayn) formatda tashkil etilgan konferensiyada xorijiy va mahalliy professor-o‘qituvchilar, soha mutaxassislari, yosh tadqiqotchilar, doktorantlar hamda magistrantlar faol ishtirok etdilar. Tadbir o‘zbek, rus va ingliz tillarida olib borilib, xalqaro tajriba almashinuvi uchun samarali ilmiy platforma vazifasini o‘tadi.
Anjuman yakunida mavjud muammolarni bartaraf etish va ilmiy ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etish mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqildi. Shuningdek, tashrif buyurgan professor-o‘qituvchilarga sertifikatlar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
02
Do'stlar bilan ulashish: