
ISFT ilmiy-uslubiy jurnal sayti yangi dizaynda ishga tushdi
ISFT instituti tomonidan nashr etiladigan “ISFT” ilmiy-uslubiy jurnali rasmiy veb-sayti zamonaviy talablar asosida yangilandi hamda yangi dizayn va texnik imkoniyatlar bilan takomillashtirildi. Yangilangan platforma orqali foydalanuvchilar jurnal faoliyati, nashr etilgan sonlar hamda ilmiy maqolalar bilan yanada qulay tarzda tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.
Yangilangan sayt nafaqat yangi dizayn, balki qulay navigatsiya, soddalashtirilgan interfeys hamda ilmiy materiallarga tezkor kirish imkoniyati bilan ajralib turadi. Endilikda tadqiqotchilar, professor-o‘qituvchilar va yosh olimlar jurnalning ilmiy nashr faoliyati haqida batafsil ma’lumot olishlari mumkin.
Mazkur jurnal O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan berilgan №097320-sonli guvohnoma asosida faoliyat yuritadi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining qaroriga muvofiq falsafa, psixologiya, pedagogika va siyosiy fanlar bo‘yicha doktorlik dissertatsiyalarining asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan milliy ilmiy nashr hisoblanadi.
Yangilangan veb-sayt foydalanuvchilarga quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:
- Jurnalning yangi va arxiv sonlari bilan tezkor tanishish;
- Ilmiy maqolalarni alohida muallif imzosi ostida ko‘rish hamda yuklab olish;
- Mualliflar uchun maqola yuborish jarayonini soddalashtirish;
- Ilmiy faoliyatga oid yangiliklar va ma’lumotlarni bir platformada jamlash.
Saytni ko‘rish uchun: ISFT Ilmiy-uslubiy jurnal
ISFT ilmiy-uslubiy jurnali tahririyat jamoasi ilmiy hamjamiyatni yangilangan veb-saytdan foydalanishga hamda ilmiy faoliyatingiz natijalarini nufuzli milliy jurnalda chop etishga taklif etadi.
11
Do'stlar bilan ulashish: