photo_2025-02-10_10-57-52

Diqqat, tanlov: ISFTning eng ommabop talabalarini qidirmoqdamiz!

ISFT brend yuziga aylanishni, qiziqarli kontent yaratishni va eksklyuziv brendli merch yutib olishni xohlaysizmi? Unda bu imkoniyat aynan siz uchun!
Biz ijtimoiy tarmoqlarda eng faol va ommabop ISFT talabalarini topish uchun tanlov e’lon qilamiz.

Ishtirok etish shartlari:

  • O‘zingiz kadrda bo‘lgan suhbat tarzidagi video (blogerlarning sharh videolari kabi) suratga oling va "ISFT talabasi bo‘lish qanday?" mavzusida o‘z profilingizda e’lon qiling.
  • #ISFTMedia heshtegidan foydalaning va @isft_students_official sahifasini belgilab qo‘ying.
  • Profilingiz ochiq bo‘lishi shart, shunda biz videoni ko‘ra olamiz.

G‘oliblar qanday aniqlanadi?
Biz barcha videolarni quyidagi mezonlar asosida baholaymiz:

  • Erishilgan qamrov va faollik — layklar, izohlar, repostlar.
  • Kontent sifati — original g‘oya, kreativ yondashuv, montaj.
  • Profil faolligi — auditoriya mavjudligi, muntazam postlar.

Nimalar taqiqlanadi?

  • Sun’iy intellektdan (AI) foydalanib yaratilgan videolar.
  • Har qanday sun’iy ko‘rsatkich oshirish: obunachilar, layklar, ko‘rishlar.

Tanlovda bir nechta g‘oliblar aniqlanadi!
G‘oliblar ISFT kontent jamoasiga qo‘shilish imkoniyatiga ega bo‘lishadi va brendli merch (futbolka, huddi va bomber) yutib olishadi!

Arizalar qabul qilish muddati: 25-fevral, g'oliblar 1-mart kuni e'lon qilinadi.
Shu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang — video tayyorlang, e’lon qiling va ISFTning eng ommabop talabasiga aylaning!

08

Fevral2025

Do'stlar bilan ulashish:

So'ngi yangiliklar

Universitetlararo xakaton: Auditoriyadan tashqarida amaliy ta’limni rivojlantirish

07

May2026
ISFT jamoasi “Munozara” respublika turniri saralash bosqichida oʻz mahoratlarini namoyish etdilar

07

May2026
ISFT instituti Kengashining navbatdagi yig‘ilishi: strategik vazifalar, ta’lim sifati va ilmiy yutuqlar e’tirofi

01

May2026
“Ekofaol yoshlar” loyihasi doirasida ekologik aksiya o‘tkazildi

25

Aprel2026
ISFT institutida BRM oyligi doirasidagi navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tadi

20

Aprel2026