photo-collage.png

ISFT instituti Kengashining navbatdagi yig‘ilishi: strategik vazifalar, ta’lim sifati va ilmiy yutuqlar e’tirofi

2026-yil 1-may kuni ISFT instituti Kengashining 5-sonli majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda institutning 2025–2026-o‘quv yilidagi faoliyati atroflicha sarhisob qilinib, istiqboldagi ustuvor vazifalar va strategik yo‘nalishlar belgilab olindi.

Ta’lim sifati va o‘quv jarayoniga ustuvor e’tibor
Kengash kun tartibidagi asosiy masalalardan biri 2025–2026-o‘quv yili bahorgi semestr yakunlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish, yakuniy nazorat jarayonlarini samarali tashkil etish hamda bitiruvchi talabalar uchun yakuniy davlat attestatsiyasi va bitiruv malakaviy ishlarini himoya qilish jarayonlarini yuqori saviyada o‘tkazish masalalari bo‘ldi. Shuningdek, 2026–2027-o‘quv yili uchun qabul parametrlari tasdiqlandi.
Ta’lim sifatini yanada oshirish maqsadida institutni kompleks davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish bo‘yicha ichki baholash jarayonlariga tayyorgarlik holati ko‘rib chiqildi. Kafedralardagi ta’lim sifati tanqidiy tahlil qilinib, mavjud yutuqlar bilan bir qatorda ustuvor vazifalar ham belgilandi.
Ilm-fan, ma’naviyat va sog‘lom muhit
Majlis davomida institutda o‘tkaziladigan xalqaro hamda respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumanlarga tayyorgarlik, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash samaradorligi, talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, korrupsiyaga qarshi kurashish va huquqiy madaniyatni yuksaltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, professor-o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish maqsadida “Rektor kubogi – 2026” sport musobaqalarini tashkil etish belgilandi.
Ilmiy yutuqlar – yuksak e’tirof
Majlisning eng quvonchli va hayajonli qismi institut professor-o‘qituvchilarining ilmiy yutuqlarini e’tirof etish marosimi bo‘ldi. Quyidagi ustozlarga ilmiy daraja va unvonlar tantanali ravishda topshirildi:
Falsafa fanlari doktori (DSc):
• Xidirov Mustafo Toyirqulovich
Iqtisodiyot fanlari doktori (DSc):
• Uktamov Xusniddin Faxriddinovich
Dotsent ilmiy unvoni:
• Yangiboyev Dilshod G‘ulomovich (iqtisodiyot)
• Maxsumov Islomjon Adilovich (pedagogika)
• Turgunova Gulru Todjiboyevna (psixologiya)
• Xaydarov Dilshod Ochilovich (tarix)
• Kadirova Ziyoda Raximdjanovna (falsafa)
• Yusupov Asror Maxmanazar o‘g‘li (iqtisodiyot)
ISFT instituti jamoasi barcha ustozlarni ushbu yuksak ilmiy muvaffaqiyatlar bilan samimiy muborakbod etadi hamda ularning kelgusi ilmiy va pedagogik faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaydi.

01

May2026

Do'stlar bilan ulashish:

So'ngi yangiliklar

ISFT instituti Kengashining navbatdagi yig‘ilishi: strategik vazifalar, ta’lim sifati va ilmiy yutuqlar e’tirofi

01

May2026
“Ekofaol yoshlar” loyihasi doirasida ekologik aksiya o‘tkazildi

25

Aprel2026
ISFT institutida BRM oyligi doirasidagi navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tadi

20

Aprel2026
Ilmiy seminar: islohotlar va istiqbollar muhokama markazida

20

Aprel2026
Xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazalaridan samarali foydalanish mavzusida ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi

17

Aprel2026