image_2026-08-07_12-06-57

ISFT talabalari va yosh tadqiqotchilari diqqatiga! “President Tech Award 2026” hamda “President AI Award 2026” tanlovlariga arizalar qabuli boshlandi

O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi hamkorligida tashkil etilayotgan "President Tech Award 2026" va "President AI Award 2026" tanlovlariga arizalar qabuli boshlandi.


Mazkur tanlovlar innovatsion g‘oyalar, startap loyihalar hamda sun’iy intellekt yo‘nalishidagi istiqbolli ishlanmalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlarning texnologik salohiyatini ro‘yobga chiqarish va xalqaro darajadagi loyihalarni rivojlantirishga qaratilgan.


President Tech Award 2026.

Tanlov inkubatsiya, akseleratsiya hamda eng yaxshi startap loyihalari yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkaziladi. Umumiy mukofot jamg‘armasi 5 million AQSh dollarini tashkil etadi. G‘oliblarga grantlar, investitsiyalar va tajribali mentorlar bilan ishlash imkoniyati yaratiladi. Ishtirok etish uchun yosh bo‘yicha cheklov mavjud emas.

Arizalarni qabul qilish muddati:
  • Inkubatsiya dasturi – 2026-yil 10-avgust
  • Akseleratsiya dasturi – 2026-yil 10-avgust
  • Best Startup Project – 2026-yil 31-avgust
President AI Award 2026
Sun’iy intellekt sohasidagi eng istiqbolli loyihalar uchun tashkil etilgan ushbu tanlovning umumiy mukofot jamg‘armasi 1 million AQSh dollarini tashkil etadi. Tanlovda 3–8 nafar ishtirokchidan iborat jamoalar qatnashishi mumkin. Ariza topshirishda ishlaydigan MVP, 3 daqiqalik video taqdimot, GitHub repository havolasi hamda Pitch Deck taqdim etilishi talab etiladi.
ISFT instituti talabalari, magistrantlari, yosh olimlari hamda innovatsion g‘oyalarga ega barcha izlanuvchilarni ushbu nufuzli tanlovlarda faol ishtirok etishga chorlaymiz.Batafsil ma'lumot va onlayn ro‘yxatdan o‘tish: awards.gov.uz.

08

Avgust2026

Do'stlar bilan ulashish:

So'ngi yangiliklar

ISFT talabalari va yosh tadqiqotchilari diqqatiga! “President Tech Award 2026” hamda “President AI Award 2026” tanlovlariga arizalar qabuli boshlandi

08

Avgust2026
ISFT instituti talabalari Prezident va nomli davlat stipendiyalariga tavsiya etildi

30

Iyul2026
ISFT institutida magistrlik dissertatsiyalari himoyasi bo‘lib o‘tdi

26

Iyun2026
ISFT ilk bor Times Higher Education Impact Ratings reytingidan o‘rin oldi

24

Iyun2026
ISFT instituti Kengashining navbatdagi yig‘ilishi: strategik vazifalar, ta’lim sifati va ilmiy yutuqlar e’tirofi

01

May2026