
ISFT institutida magistrlik dissertatsiyalari himoyasi bo‘lib o‘tdi
2026-yil 22–26-iyun kunlari ISFT institutida 70410506 – Davlat moliyaviy nazorati va auditi, 70110901 – Xorijiy til va adabiyot (ingliz tili) hamda 70110102 – Pedagogika mutaxassisliklari bo‘yicha magistratura bitiruvchilarining magistrlik dissertatsiyalari himoyasi muvaffaqiyatli tashkil etildi.
Magistrlik dissertatsiyalari himoya jarayonlarida institut rahbariyati va professor-o‘qituvchilari faol ishtirok etdi. Xususan, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor T. Azizov, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor A. Temirov, magistratura bo‘limi boshlig‘i F. Manukyan, kafedra mudirlari H. Uktamov, G. Najmutdinova hamda X. Abdusamatovlar davlat attestatsiya komissiyalari faoliyatida qatnashib, komissiya a’zolari va magistrlarga samimiy tilaklarini bildirib, himoya jarayonlariga muvaffaqiyat tiladilar.
Davlat attestatsiya komissiyalariga respublikaning yetakchi olimlari – iqtisod fanlari doktori, professor Sherbek Saipnazarov, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Gulnoza Sabirova hamda pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Kamola Abrorxonova raislik qildi. Himoya jarayonlari amaldagi me’yoriy talablar asosida yuqori saviyada tashkil etildi.
Himoyalarda:
70410506 – Davlat moliyaviy nazorati va auditi mutaxassisligi bo‘yicha 6 nafar;
70110901 – Xorijiy til va adabiyot (ingliz tili) mutaxassisligi bo‘yicha 7 nafar;
70110102 – Pedagogika mutaxassisligi bo‘yicha 15 nafar magistrant ishtirok etdi.
Jami 28 nafar magistrant o‘z dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qildi. Taqdim etilgan ilmiy ishlar zamonaviy ilm-fan va ta’limning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan bo‘lib, davlat attestatsiya komissiyasi tomonidan yuqori baholandi. Himoya natijalariga ko‘ra barcha magistrantlar a’lo va yaxshi baholarga munosib deb topildi.
Mazkur himoyalar ISFT institutida magistratura ta’limining sifatli yo‘lga qo‘yilganini, ilmiy tadqiqotlarga bo‘lgan e’tibor va magistrantlarning ilmiy salohiyati yuksak darajada ekanligini yana bir bor namoyon etdi.
Magistrlik dissertatsiyalari himoya jarayonlari belgilangan reja asosida muvaffaqiyatli yakunlandi. ISFT institutining ilk magistr bitiruvchilari ilmiy salohiyatini munosib namoyon etib, o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalarga ega ekanliklarini isbotladilar. Ularga kelgusidagi ilmiy va kasbiy faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
26
Do'stlar bilan ulashish: