1

Ilmiy seminar: tajriba va motivatsiya bir maydonda!

Joriy yilning 17-mart kuni ISFT institutida professor, professional diplomat, “Mehnat faxriysi” unvoni sohibi Adxam Rasulov bilan uchrashuv tashkil etildi.

Mazkur uchrashuv davomida ishtirokchilar diplomatiya sohasidagi amaliy tajribalar, xalqaro munosabatlar tizimidagi zamonaviy yondashuvlar hamda shaxsiy va kasbiy rivojlanish masalalari yuzasidan qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Tadbir jarayonida quyidagi muhim jihatlar alohida ta’kidlandi:

  • Diplomatik faoliyatda strategik fikrlash va mas’uliyat
  • Xalqaro maydonda muvaffaqiyatga erishish omillari
  • Liderlik va kommunikativ ko‘nikmalarning ahamiyati
  • Yoshlar uchun motivatsiya va aniq maqsad qo‘yish zarurati

Uchrashuv ochiq muloqot shaklida o‘tkazilib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar. Bu esa tadbirning yanada samarali va interaktiv ruhda kechishiga xizmat qildi.

Mazkur uchrashuv yoshlarning kasbiy shakllanishi, ularning dunyoqarashini kengaytirish hamda ilmiy va amaliy faoliyatga bo‘lgan qiziqishini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Uchrashuv yakunida ISFT instituti ma’muriyati tomonidan Adxam Gofurovich Rasulovga samimiy minnatdorchilik bildirilib, esdalik sovg‘alari topshirildi.

18

Mart2026

Do'stlar bilan ulashish:

So'ngi yangiliklar

ISFT institutida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tadi

24

Mart2026
ILMIY SEMINAR

22

Mart2026
Ilmiy seminar: tajriba va motivatsiya bir maydonda!

18

Mart2026
DIQQAT, OLIMPIADA!

17

Mart2026
ISFT ilmiy-uslubiy jurnal sayti yangi dizaynda ishga tushdi

11

Mart2026