1

DIQQAT, OLIMPIADA!

2026-yil 6–9 aprel kunlari ISFT institutida iqtidorli talabalarni aniqlash va rag‘batlantirish, ularning ilmiy salohiyatini rivojlantirish, iqtisodiy va moliyaviy savodxonligini oshirish, shuningdek nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida bakalavriat kunduzgi ta’lim yo‘nalishlari bitiruvchi bosqich (4-kurs) talabalari o‘rtasida turkum fan olimpiadalari tashkil etiladi.

Olimpiadalar quyidagi fanlar bo‘yicha o‘tkaziladi:

6-aprel

  • Umumiy iqtisodiyot nazariyasi
    • A kategoriyasi – iqtisodiyot yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar
    • B kategoriyasi – iqtisodiyotdan tashqari yo‘nalishlarda tahsil olayotgan talabalar

7-aprel

  • Bank ishi
  • Informatika va axborot texnologiyalari (dasturlash asosida)

8-aprel

  • Soliq
  • Moliya

9-aprel

  • Iqtisodiy statistika va ma’lumotlar tahlili
  • Fizika

Institut bosqichida har bir fan bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan I, II va III o‘rin ishtirokchilari g‘olib deb e’lon qilinadi va Respublika bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanma oladilar.

Respublika bosqichida I, II va III o‘rinlarni egallagan talabalar vazirlikning tegishli diplomlari bilan taqdirlanadi hamda oliy ta’lim tashkilotlarining mos yo‘nalishlari bo‘yicha magistratura mutaxassisligiga imtiyozli tartibda qabul qilinadi.

Olimpiadada ishtirok etish istagini bildirgan talabalar 28-martga qadar quyidagi link orqali ro'yxatdan o'tishlari so‘raladi:
Ro'yxatdan o'tish! 

Tashkilotchi: Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi

17

Mart2026

Do'stlar bilan ulashish:

So'ngi yangiliklar

ISFT institutida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tadi

24

Mart2026
ILMIY SEMINAR

22

Mart2026
Ilmiy seminar: tajriba va motivatsiya bir maydonda!

18

Mart2026
DIQQAT, OLIMPIADA!

17

Mart2026
ISFT ilmiy-uslubiy jurnal sayti yangi dizaynda ishga tushdi

11

Mart2026