photo_2026-04-20_14-56-31

Ilmiy seminar: islohotlar va istiqbollar muhokama markazida

2026-yil 20-aprel kuni ISFT institutida “O‘zbekistonda ilm-fan islohotlari: zamonaviy tendensiyalar va istiqbollar” mavzusida ilmiy seminar tashkil etildi.

Mazkur seminar doirasida iqtisod fanlari doktori, professor, “Do‘stlik” ordeni sohibi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Iminov Odiljon Karimovich ishtirok etdi.

Seminar davomida ishtirokchilar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ilm-fan islohotlari, innovatsion tadqiqotlar yo‘nalishidagi yangilanishlar hamda ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash tizimining ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan muhim ilmiy va amaliy ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Seminar yakuni ochiq muloqot va ilmiy muhokama shaklida o‘tkazildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar oldilar. Ushbu seminar yoshlarning ilmiy salohiyatini rivojlantirish, ularning tadqiqot faoliyatiga qiziqishini oshirish hamda zamonaviy ilm-fan yo‘nalishlari bo‘yicha bilimlarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.

Seminar yakunida ISFT instituti ma’muriyati tomonidan minnatdorchilik bildirilib, esdalik sovg‘alari topshirildi.

20

Aprel2026

Do'stlar bilan ulashish:

So'ngi yangiliklar

ISFT institutida Ilmiy-uslubiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

17

Oktabr2026
ISFT institutida “Jaholatga qarshi ma’rifat” loyihasi doirasida davra suhbati o‘tkazildi

15

Oktabr2026
​ISFT institutida «Ma’rifat ulashib» loyihasi doirasida taniqli ijodkorlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.

14

Oktabr2026
Xorijiy tillar fan olimpiadasi g‘oliblari aniqlandi

08

Oktabr2026
ISFT instituti kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi

16

Sentabr2026