
ISFT institutida Ilmiy-uslubiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
2026-yil 16-aprel kuni ISFT instituti Ilmiy-uslubiy kengashining 3-sonli navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilishda ta’lim sifati, ilmiy-uslubiy faoliyat samaradorligi hamda xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlarga tayyorgarlik masalalariga alohida e’tibor qaratilib, muhim yo‘nalishlar atroflicha muhokama qilindi.
Kun tartibiga muvofiq bir qator dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi:
Institutda o‘tkazilgan turkum fan olimpiadalari va turli tanlovlar natijalari muhokama qilinib, iqtidorli talabalarni aniqlash, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda erishilgan natijalarni yanada yaxshilash yuzasidan takliflar bildirildi.
Professor-o‘qituvchilarning shaxsiy ish rejalari doirasida belgilangan vazifalarning bajarilish holati tahlil qilinib, ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligini oshirish hamda belgilangan ko‘rsatkichlarga erishish yuzasidan mas’ullar hisobotlari tinglandi.
2025–2026 o‘quv yilida rejalashtirilgan xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlarga tayyorgarlik jarayonlari muhokama qilinib, ushbu tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etish, sifatli ilmiy maqolalar tayyorlash hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirish zarurligi ta’kidlandi.
Kafedralarda tayyorlangan o‘quv adabiyotlari ko‘rib chiqilib, ularni ilmiy-uslubiy ekspertizadan o‘tkazish, zamonaviy talablar asosida takomillashtirish va ta’lim jarayoniga joriy etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Yig‘ilish yakunida institut ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Tuxtamish Azizov tomonidan barcha masalalar yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi hamda institutning ilmiy-uslubiy faoliyatini yanada rivojlantirishga qaratilgan aniq vazifalar belgilandi.
16
Do'stlar bilan ulashish: