IMG_9989

ISFT instituti kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi

2026-yilning 16-sentyabr kuni ISFT institute Kengashining 2026/2027-o‘quv yili uchun 1-sonli majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda institutning 2025–2026-o‘quv yilidagi faoliyati atroflicha sarhisob qilinib, istiqboldagi ustuvor vazifalar va strategik yo‘nalishlar belgilab olindi.

Kengash kun tartibidagi asosiy masalalar – mavjud, yangi tashkil qilingan hamda nomi o‘zgargan boʻlimlar, kafedralarning Nizomi, Ish rejalari va lavozim yo‘riqnomalari muhokama qilindi; 2026/2027-oʻquv yilida Institutda amalga oshiriladigan ishlar, o‘quv jarayonlari, ilmiy-tadqiqot yo‘nalishida amalga oshirilishi belgilangan vazifalar, ma’naviy-ma’rifiy jarayonlar, 2026/2027-oʻquv yili uchun oʻqituvchilarni tanlash va qabul qilish jarayonlarini yuqori saviyada o‘tkazish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, bir guruh institut professor-o‘qituvchilarining ilmiy yutuqlari alohida e’tirof etildi. Ilmiy daraja va unvonlar olgan quyidagi ustozlar taqdirlandi:
Iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) “Menejmentr” kafedrasi mudiri
• Usmonov Adxamjon A’zamjon
Dotsent ilmiy unvoni:
Raximbayeva Dilorom Vaxidovna (tarix)
Muftaydinov Mansur Kiyomidi (iqtisodiyot)
Abduxamidov Sardor Mardanaqulovich (pedagogika)
ISFT instituti jamoasi barcha ustozlarni yuksak ilmiy muvaffaqiyat bilan samimiy muborakbod etadi hamda ularning kelgusi ilmiy va pedagogik faoliyatlariga ulkan zafarlar tilaydi.

16

Sentabr2026

Do'stlar bilan ulashish:

So'ngi yangiliklar

ISFT institutida Ilmiy-uslubiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

17

Oktabr2026
ISFT institutida “Jaholatga qarshi ma’rifat” loyihasi doirasida davra suhbati o‘tkazildi

15

Oktabr2026
​ISFT institutida «Ma’rifat ulashib» loyihasi doirasida taniqli ijodkorlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.

14

Oktabr2026
Xorijiy tillar fan olimpiadasi g‘oliblari aniqlandi

08

Oktabr2026
ISFT instituti kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi

16

Sentabr2026